“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 03:18
ЎЗO‘Z

Rashidjon Qodirovga qanday jazo berilishi mumkin?

24 fev, 20:25 7 646 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rashidjon Qodirovga qanday jazo berilishi mumkin? 2018 yilning 22 fevral kuni O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bugun, 24 fevral kuni ushbu ma’lumotni rasman tasdiqladi.

Bosh prokuraturaning rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, sobiq bosh prokuror R.X.Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi aynan Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan.

Huquq sohasidan uzoq, yuridik terminlar va Jinoyat kodeksi moddalarni yaxshi bilmaydigan o‘quvchilarimiz Rashidjon Qodirovning aynan nimada ayblanayotganini tushunavermaydi. Shu bois Bosh prokuraturaning rasmiy bayonotida keltirilgan moddalar ortida gumonlanuvchining aynan qaysi jinoyatlarda ayblanayotgani va bu jinoyatlar uchun qanday jazo tayinlanishi mumkinligiga oydinlik kiritishga qaror qildik.

Rasmiy ayblovga asoslanadigan bo‘lsak, O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olishda gumon qilinmoqda.

Jinoyat kodeksining 165-moddaga ko‘ra jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish tovlamachilik ekani aytiladi. Bunday jinoyat uchun uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash ko‘zda tutilgan

Ushbu jinoyat takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoki ko‘p miqdorda yoxud bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar tovlamachilik juda ko‘p miqdorda; o‘ta xavfli retsidivist tomonidan; uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xo‘sh, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish uchun qanday jazo ko‘zda tutilgan?! Jinoyat kodeksining 205-moddasiga muvofiq hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda yoki uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Jinoyat kodeksining 210-moddaga binoan davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi pora olish deb hisoblanadi va buning uchun eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash ko‘zda tutilgan.

Pora olish takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari Jinoyat kodeksining 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan yoki ko‘p miqdorda yoxud tamagirlik yo‘li bilan yoki bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Juda ko‘p miqdorda; uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab pora olingan bo‘lsa, buning uchun o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish kerakki, Rashidjon Qodirov ayni paytda yuqoridagi jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayapti xolos. Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasiga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Shu ma’noda sobiq Bosh prokurorning aybdor yoki aybsiz ekaniga faqat sud baho berishi mumkin.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov-surishtiruv jarayonida jinoyat ishiga doir qo‘shimcha tafsilotlar ham oshkor bo‘lishi, buning natijasida ayblov moddalari kengayishi va ushbu ish yuzasidan boshqa shaxslar ham so‘roq qilinishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 135
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 34
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 219
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 88
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 34
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 50
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 58
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 48
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 36
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 33
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 28
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 35
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 33
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 165
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 274
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 23
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Bo‘limlar