“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 14:46
ЎЗO‘Z

Yostiq tagidagi telefon xavfli emas, ammo …

24 fev, 20:23 6 014 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yostiq tagidagi telefon xavfli emas, ammo … Olimlar oddiy mobil telefon yoki planshet kabi smartfonning ham inson uchun xavfli emasligini, ammo u bilan uxlash odati sog‘liqqa zarar ekanligini isbotlashdi.

Surunkali uyquga to‘ymaslik, uyqusizlik, ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi — bu kechqurun qorong‘ida smartfon bilan yotishni yoqtiruvchilar duch keladigan ko‘ngilsizliklarning faqatgina bir qismi. Sababi — displeydan tarqaladigan nur.

Xavfli ko‘k nur
Smartfon va boshqa gadjetlarning ekranlari tayyorlanadigan svetodiodlar spektrning ko‘k qismida nur sochadi. U kunduzgi yorug‘likka o‘xshaydi va ko‘pincha hatto undan ham yorug‘roq bo‘ladi, shuning uchun ham smartfonning displeyidagi rasmlarni ko‘rish hammaga yoqadi. Lekin bunga qiziqmagan ma’qul, chunki sun’iy ko‘k nur katta quvvatga ega. Shu sabab, u kataraktaning rivojlanishiga olib kelishi va ko‘zning to‘r pardasiga zarar yetkazishi mumkin.

Bu “kunduzgi yorug‘lik” to‘yib uxlashga ham xalaqit beradi. Yaxshi uxlash va bedor bo‘lish uchun melatonin gormoni javob beradi. U to‘liq qorong‘ilikda ishlab chiqariladi va organizmga dam olish vaqti bo‘lganidan darak beradi, qon bosimi, tana harorati hamda qondagi glyukoza darajasini pasaytiradi, shu bilan birga ziqlik gormoni kortizol darajasini ham kamaytiradi. Mushaklar bo‘shashadi, ichki a’zolar va to‘qimalar o‘z-o‘zini tiklash va zarur moddalar sintezi bilan band bo‘ladi, faoliyat natijasidagi mahsulotlardan xalos bo‘ladi. Bundan tashqari, miyada kun davomida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash jarayonlari boradi.

Ammo smartfonning ko‘k nur tarqatuvchi ekrani melatonin sinteziga xalaqit beradi. Organizm tunni kun o‘rnida ko‘rib, bedorlikda davom etadi. Ziqlik gormonining darajasi oshadi va shu sabab, keyin uxlash qiyin bo‘ladi. O‘zini boshqarish jarayonlari buziladi, yallig‘lanish xavfi oshadi. Ыuvvat sarflanib, ochlik hissi paydo bo‘ladi. Miya neyrotoksinlardan tozalanib ulgurmaydi. Natijada xotira pasayadi, diqqat tarqaladi.

Foydali uyqu qoidalari
Agar tunda uxlash oldidan yangiliklar tasmasini varaqlash odatini tashlay olmasangiz, uning salbiy ta’sirlarini yo‘qotishga harakat qiling.

1. Smartfonni yostiqdan uzoqroqqa qo‘ying. Ko‘zning to‘r pardasiga yetib boruvchi ko‘k nurning miqdori katta ahamiyatga ega. Displey qancha kichik bo‘lsa, uning melatonin ishlab chiqarilishiga ta’siri ham shuncha kam bo‘ladi. Gadjetni ko‘zlardan imkon qadar uzoqroq tuting, shunda smartfonning uyquga ta’sirini kamaytirgan bo‘lasiz. Maqbul masofa – 25-30sm.

2. Yotishdan oldin ekranning yorug‘ligini sozlang. Displeyning nuri qanchalar yorug‘ bo‘lsa, melatonin sinteziga shunchalar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ekran yorug‘ligini pasaytirish orqali ko‘zingizga tushadigan ko‘k nurlar miqdorini ham kamaytirasiz. “O‘qish rejimi” yoki “kechqurungi rejim”larni yoqing. Darvoqe, displeyning yorug‘ligini avtomat boshqaruvchi dastur o‘rnatish mumkin. Ayrim kompaniyalar ekrandan tarqalayotgan nurlarni avtomat boshqaruvchi ilovalarni ishlab chiqishdi.

3. Uxlashdan ikki soat oldin smartfonni qo‘lingizga olmang. Organizmimiz odatdagi uxlash vaqtidan ikki soat oldin melatonin ishlab chiqarishni boshlaydi, shuning uchun elektron pochta yoki internetdagi so‘nggi yangiliklarni ertaroq tekshirishga odatlaning. Gadjetni o‘ringa qo‘ymang, tovushini o‘chirib qo‘ygan bo‘lsangiz ham, vibratsiya bilan sizni uyg‘otib yuborishi mumkin.

4. Tungi ko‘zoynaklardan foydalaning. Qahrabo rang linzali ko‘zoynaklar har qanday qurilmalardan (hatto tungi chiroqlardan ham) tarqalayotgan ko‘k nurlarni yaxshi to‘sadi va u ko‘zning to‘r pardasiga yetib bormaydi. Ammo shuni e’tiborga olish kerakki, uxlash oldidan olamni faqat to‘q sariq ranglarda ko‘rishingiz mumkin.

5. Kunduzi albatta ko‘chaga chiqing. Inson vaqtni tabiiy yorug‘likda qancha ko‘p o‘tkazsa, uning displey nurlariga ta’sirchanligi shuncha kam bo‘lishi isbotlangan. Tabiiy ko‘k nur sun’iy ko‘k nurning salbiy ta’sirini to‘sadi. Agar siz yuqorida keltirilgan qoidalarning hech bo‘lmaganda 2-3tasiga amal qilsangiz, yaxshi uxlab, tongda tetik va faol bo‘lib uyg‘onish imkoniyatlaringiz bir necha barobar oshadi.

Smartfonning ko‘k nuri uyqu gormoni — melatoninning ishlab chiqarilishiga xalaqit beradi.
SHAHZODA tayyorladi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 18
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 89
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 296
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 104
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 243
  • So'nggi yangiliklar
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 3
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 17
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 148
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 85
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 19
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 40
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 342
  • Bo‘limlar