“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 22:35
ЎЗO‘Z

Bosh prokurorning yangi o‘rinbosarlari tayinlandi

22 fev, 06:04 9 767 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokurorning yangi o‘rinbosarlari tayinlandi Prezident Shavkat Mirziyoyev maxsus farmon bilan O‘zbekiston Bosh prokurorining yangi o‘rinbosarlarini tayinladi. Bu haqda idoraning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 21 fevraldagi farmonlariga asosan Erkaboy Aminovich Tojiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov esa Bosh prokurorning o‘rinbosari etib tayinlandi.

Erkaboy Tojiyev — O‘zbekiston Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari | Foto: “Prokuratura.uz”

Adliya katta maslahatchisi Erkaboy Tojiyev Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori vazifalarida ishlagan. 2017 yilning 14 noyabrida Bosh prokurorning o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 25 avgustdagi farmoniga ko‘ra “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Adliya maslahatchisi Saidlaziz Saidkarimov haqidagi ma’lumotlar unchalik ko‘p emas. Bungacha u qaysi vazifalarda faoliyat yuritgani aniq emas. Bosh prokuraturaning rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, u O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 25 avgustdagi farmoniga ko‘ra “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. O‘sha paytda u Bosh prokuraturaning tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 59
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 195
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 167
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 113
  • So'nggi yangiliklar
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 0
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 14
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 30
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 97
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 62
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 139
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 50
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 179
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 300
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 58
  • Bo‘limlar