“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 14:28
ЎЗO‘Z

Singapur byudjetidan ortgan 700 million dollar aholiga tarqatiladi

20 fev, 06:04 5 670 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Singapur byudjetidan ortgan 700 million dollar aholiga tarqatiladi Joriy yilda Singapur iqtisodiyoti kutilgandan ortiq darajada byudjet profitsitiga ega bo‘lishi tufayli har bir fuqaro 100-300 AQSh dollariga teng miqdorda bir martalik «hangbao» oladi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat byudjeti rejalashtirilgan mablag‘dan ortig‘i bilan oshib qolishi taxmin qilinmoqda. Shu tufayli, hukumat mamlakat fuqarolarining yillik daromadidan kelib chiqib, 100-300 AQSh dollari miqdorda bir yil davomida bir martalik ulush tarqatishni rejalashtirmoqda. Xabarda aytilishicha, yillik daromadi 28 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan fuqarolar 300 AQSh dollari, 28-100 ming AQSh dollari atrofida pul topadiganlar esa 200 AQSh dollari, 100 ming AQSh dollaridan ko‘p maosh oluvchi kishilar 100 AQSh dollari miqdorida ulush olishi belgilangan.

Ijtimoiy adolat yuzasidan ulush miqdori aholi yillik daromadiga teskari nisbatda hisoblangan. Barcha mablag‘lar joriy yil oxirida tarqatilishi nazarda tutilgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu tadbirga 700 million AQSh dollari sarflanadi. Mamlakat Moliya vaziri Heng Svining ta’kidlashicha, 2017 yilda Singapur YaIM 2,1 foizga o‘sgan bo‘lib, byudjet mablag‘ida 5 milliard AQSh dollarni temir yo‘llar infratuzilmasini yaxshilashga sarflash mumkin. Joriy yilgi davlat byudjet loyihasida 2 milliard AQSh dollari tibbiy sug‘urta tizimini isloh qilishga sarflanishi aytiladi.
Singapur, byudjeti, dollar, aholi




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 51
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 60
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 32
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 387
  • Bo‘limlar