“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:08
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda jinoyatlarni, asosan, kimlar va nega qilmoqda?

20 fev, 07:03 5 498 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda jinoyatlarni, asosan, kimlar va nega qilmoqda? O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 2017 yilda mamlakat bo‘ylab 73 ming 692 ta jinoyat qayd etilganini ma’lum qildi. Vazirning aytishicha, shularning katta qismi oilaviy kelishmovchiliklar sababli yaqin qarindoshlar bir-biriga nisbatan sodir etgan qotilliklar sirasiga kiradi.

«Jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar barcha joylarda talab darajasida bajarilmoqda, deb ayta olmaymiz. Holbuki, buning uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud bo‘lishiga qaramay ayrim mahallalarda oila-turmush munosabatlari bilan bog‘liq maishiy jinoyatlar hamon uchrab turibdi», deydi u.

Ushbu jinoyatlarning 62 tasi er xotiniga, 10 tasi xotin eriga, 119 tasi esa yaqin qarindoshlar tomonidan bir-birlariga nisbatan sodir etilgan. Bunday noxushliklar asosan Samarqand viloyati (27), Toshkent shahri (24), Toshkent (22) va Farg‘ona (21) viloyatlarida ko‘proq uchragan.

«Jinoyat – odamlar xavfsizligiga putur yetkazuvchi mudhish hodisa. Bunday holatlar ko‘proq yoshlar tomonidan turli sabablarga ko‘ra sodir etilishi kuzatiladi. Albatta, bir jinoyat sodir bo‘lishi ham tashvishlanarli, biroq bu jarayonda xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar uchrayotgani yanada ayanchli holat», deydi Po‘lat Bobojonov.

Masalan, ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 9,5 mingdan ortig‘i xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan. Farg‘onada 1 ming 625, Toshkent shahrida 1 ming 592, Toshkent viloyatida 1 ming 402, Samarqandda 1 ming 66, Andijonda 972 va Namanganda 751 nafar ayol jinoyatga qo‘l urgan.

Joylarda uyushmagan, tarbiyasi og‘ir, ish va o‘qishga joylashmagan yoshlar 26 ming 579 ta jinoyat sodir qilgan.Bunda, maktab o‘quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari tomonidan 1,5 mingdan ziyod jinoyat sodir etilgan.

Voyaga yetmaganlar tomonidan 1 ming 430 ta jinoyat, shundan, 778 ta o‘g‘irlik, 79 ta bezorilik, 77 ta talonchilik, 45 ta badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, 42 ta bosqinchilik va 29 ta firibgarlik sodir qilingan.
O‘zbekistonda, jinoyatlar, kimlar




Mavzuga oid yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 227
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 57
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 235
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 76
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar