“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 09:22
ЎЗO‘Z

Namozdagi amallar ma’nosi: sajda

18 fev, 15:15 13 588 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namozdagi amallar ma’nosi: sajda “Sajda” so‘zi aslida “o‘zini past tutish”, “egilish”, “xotirjam bo‘lish” ma’nolarini anglatadi.

Sajda bandaning Alloh taologa muhtojligini, kamtarligini izhor etishning eng yuqori nuqtasidir. Chunki inson sajdada eng sharafli, aziz a’zosi bo‘lmish boshini yerga qo‘yadi. Odatda, sajda qilganda peshona tuproqqa tegadi, chang bo‘ladi. Mana shu holat qalb tavozesi, Alloh uchun xushu qilganlik belgisidir. Shuning uchun banda sajdada Allohga juda yaqin bo‘ladi. Agar zohiriy sajdaga qalb sajdasi ham qo‘shilsa, nur ustiga nurdir.

Mutakabbir mushriklar Alloh uchun sajda qilishni xushlamasdi. Hatto ayrimlari: “Men sajda qilishni yomon ko‘raman. Chunki sajda qilsam, ostim boshimdan tepada bo‘lib qoladi”, deb aytardi. Yana ba’zi mushriklar qo‘liga bir siqim tuproq olib, peshonasiga tekkizar, “Mana shu men uchun kifoya qiladi”, derdi. Iblis ham Odam alayhissalomga sajda qilishdan bo‘yin tovlagani sabab la’natga uchragan. Chunki u Alloh tuproqdan yaratgan inson zotiga bosh egishdan kibr qilgan, Parvardigori amriga itoat etmagan. Kim kibrni yengib, Rabbiga ixlos-la sajda qilsa, Unga yaqinlashadi.

Qur’oni karimda aytilishicha, osmonlar va yerdagi barcha jonivorlar, farishtalar kibrlanmagan holda Allohga sajda qiladilar (Nahl, 49). Ulardan farqli o‘laroq, hazrati inson Alloh taolo uchun o‘z ixtiyori bilan peshonasini yerga qo‘yadi. Buning evaziga ulug‘ ajr-mukofotlar oladi.

Shuningdek, ikki sajda o‘rtasida, tashahhudda qo‘llarni tizzaga qo‘yib o‘tirish bandaning Allohga itoatgo‘yligini, kamtarligini bildiradi.
Manba: Irfon.uz
Namoz, amallar, sajda




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 105
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 271
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 180
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 247
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 182
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 89
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar