Kecha, 14 fevral kuni soat 15:10 larda Toshkent shahar Yunusobod tumanida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Aniqlanishicha, 1989 yilda tug‘ilgan, vaqtinchalik ishsiz fuqaro Yu.D. «Matiz» avtomashinasida piyodani urib yuborgan. Jabrlanuvchi Mudofaa vazirligi xodimi bo‘lgan. Piyoda olgan tan jarohati tufayli harbiy gospitalga yotqizilgan.
Hozir mazkur ish yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.