“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:12
ЎЗO‘Z

IIB xodimlari "elektroshok" vositalari bilan ta’minlanadi

15 fev, 11:15 7 496 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIB xodimlari "elektroshok" vositalari bilan ta’minlanadi Prezidentning yangi qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligiga ikki oy muddatda muvofiqlashtirish boshqarmalari va ichki ishlar bo‘limlari xodimlarini bosqichma-bosqich tabel o‘qotar quroli o‘rniga qo‘llashning qat’iy tartibi va shartlarini belgilagan holda elektroshok vositalari bilan ta’minlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahrida transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtab turish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritsin, bunda haydovchisi bo‘lmaganda ham noto‘g‘ri to‘xtab turish holatini qayd etish va bayonnomalar tuzilishi nazarda tutildi.

Bundan tashqari, piyodalarda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish, shu jumladan, kompleks tushuntirish ishlarini o‘tkazish va ularni ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortish orqali ta’sirchan choralarni amalga oshiradi.

Toshkent shahar hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Bosh boshqarma Axborot multimedia markazini joylashtirish, uni zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, keng qamrovli Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 105
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 147
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • So'nggi yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 174
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 168
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 206
  • Bo‘limlar