“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 09:14
ЎЗO‘Z

Markaziy bank mahsulot va xizmatlar narxlarini muntazam ravishda monitoring qilib boradi

14 fev, 22:02 4 400 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank mahsulot va xizmatlar narxlarini muntazam ravishda monitoring qilib boradi Iqtisodiyotda narxlar o‘zgarishi jarayonini atroflicha va chuqur o‘rganib borish va inflyatsion xatarlarni oldindan aniqlash maqsadida O‘zbekiston Markaziy banki respublika hududlari bo‘yicha mahsulot va xizmatlar narxlarini monitoring qilib borish amaliyotini joriy etmoqda. Bu haqda Markaziy bank saytida ma’lum qilindi.

Kuzatishlarni amalga oshirish uchun aholi tomonidan ko‘p iste’mol qilinadigan 135 ta mahsulot va xizmat turi tanlab olindi. Ulardan 45 tasi oziq-ovqat mahsuloti, 75 tasi nooziq-ovqat mahsuloti va 15 ta xizmat hisoblanadi. Ushbu mahsulot va xizmatlar guruhlarining umumiy narxlar o‘zgarishi ko‘rsatkichiga ta’siri mos ravishda 57, 29,5 va 13,5 foizni tashkil etadi.

Dastlabki kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, iste’mol tovarlari narxlari 2018 yilning yanvar oyida, o‘tgan yilning dekabr oyida ma’lum darajadagi o‘sishdan keyin, nisbatan barqaror bo‘ldi. Bu asosan yangi yil bayrami arafasidagi davrga qaraganda 2018 yil yanvar oyida iste’mol faolligining nisbatan past bo‘lgani bilan izohlanadi.

Xususan, mazkur holat oziq-ovqat mahsulotlari narxlari dinamikasida o‘z aksini topdi. Ayrim mahsulotlar narxlarida yuqori o‘zgaruvchanlik kuzatilganiga qaramasdan, oziq-ovqat mahsulotlari umumiy narxlarida ozroq (1 foizga) pasayish bo‘ldi.

Yanvar oyida kuzatish olib borilgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida tuxum narxi – 10,5 foiz, sabzavotlar o‘rtacha narxlari – 5,8 foiz va mevalar o‘rtacha narxlari – 4,5 foizga arzonlashdi. Xususan, bodring narxi – 14 foiz, piyoz – 10,2 foiz, pomidor – 9,9 foiz, karam – 9,3 foiz, kartoshka – 6,3 foiz, sabzi – 2,3 foiz va olma – 4,6 foizga pasaydi.

Shu bilan birga, kuzatish natijalari sut narxining 4,9 foiz, go‘sht (mol va qo‘y go‘shti) – 1,1 foiz, bug‘doy uni – 0,7 foiz va guruch – 0,4 foizga qimmatlashganini ko‘rsatdi.

Shuningdek, mazkur davrda kuzatish uchun tanlab olingan nooziq-ovqat mahsulotlari umumiy narxlari 2,1 foizga oshdi. Bunda kundalik iste’molda ishlatiladigan mahsulotlar narxlarida nisbatan kam darajada o‘sib, yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qurilish mollari va avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlarida kuzatildi.

Xususan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishiga, asosan qurilish materiallari (10,8 foiz), aksiz tovarlar (sigaret va alkogol mahsulotlari – tegishli ravishda 7,2 va 0,3 foiz) hamda avtomobillar uchun metan yoqilg‘isi narxlarining (6,7 foiz) oshishi ta’sir ko‘rsatgan. Bunda, tadbirkorlik sub’ektlari uchun tabiiy gaz tariflarining oshirilishi va aksiz soliq stavkalarining ko‘tarilishi narxlar o‘sishining asosiy omillaridan bo‘ldi.

Bundan tashqari, kiyim-kechak va poyabzalga bo‘lgan talabning mavsumiy kamayishi natijasida ushbu guruh tovarlari narxlari 2,2 foiz pasaydi.

Kuzatishlar amalga oshirilgan davrda xizmatlar, umuman olganda, 4,2 foiz qimmatlashdi. Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalari xizmati uchun to‘lov 10,3 foiz, transport xizmatlari — 6,3 foiz, maishiy xizmatlar — 3 foiz va tibbiy xizmatlar — 2,1 foizga o‘sdi.

Umuman olganda, iste’mol talabi nisbatan susaygan sharoitda 2018 yilning yanvar oyi davomida umumiy kuzatishdagi mahsulot va xizmatlar narxlari dinamikasida nisbatan past darajadagi, ya’ni 0,6 foizlik o‘sish kuzatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 111
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 107
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 95
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 159
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 89
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar