“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 12:02
ЎЗO‘Z

«O‘zbekneftgaz» 2015 yilda import hajmini 2014 yilga nisbatan 14,7 foizga kamaytiradi

19 noya, 21:55 6 522 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zbekneftgaz» 2015 yilda import hajmini 2014 yilga nisbatan 14,7 foizga kamaytiradi

«O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi 2015 yilda materiallar, xomashyo va butlovchi qismlar importini 2014 yilga nisbatan 14,7 foizga kamaytiradi. Bunday ma’lumot Toshkentda 26 oktyabr — 5 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasion birja chog‘ida aytib o‘tildi, deb yozadi «Review.uz».

Keltirilgan statistikaga ko‘ra, 2010 yilda xolding tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi amaldagi narxlar bo‘yicha 5,5 trillion so‘mdan oshgan bo‘lsa, 2015 yilda ushbu ko‘rsatkich 11,6 trillion so‘mni tashkil qildi. 2016 yil uchun prognoz 12,1 trillion so‘mga teng.

2010 yilda 178,7 million dollarlik xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar import qilingan, shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 297,3 milliard so‘mlik mahsulotlar sotib olingan.

2015 yilda ushbu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 483 million dollar va 1 trillion so‘mni tashkil qilmoqda.

Natijada soha bo‘yicha import hajmi 2014 yilga nisbatan 14,7 foizga qisqarishi kutilmoqda. 2016 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 16,6 foizgacha etkaziladi.

O‘tkazilgan tadbir davomida aksiyadorlik kompaniyalari va korxonalar tomonidan 2016 yil uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni sotib olish hamda ishlab chiqarish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 756 ta shartnomalar tuzildi va ro‘yxatga olindi.

Shuningdek, Kooperasion birja jarayonida 2016 yilda tarmoq mahsulotlarini eksport qilishga qaratilgan qator shartnomalar imzolandi.


Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 132
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 165
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 215
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 248
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 55
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 153
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 53
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi 23 apr, 08:30 108
  • Germaniya va Britaniyada Xitoy uchun josuslik qilgan shaxslar hibsga olindi 23 apr, 08:10 29
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 42
  • Bo‘limlar