“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 21:37
ЎЗO‘Z

Qanday hollarda haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin?

08 fev, 18:02 13 711 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qanday hollarda haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin? Ushbu masala Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks hamda Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (Adliya vazirligi tomonidan 05.07.2011y. 2240-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) bilan tartibga solingan.

Kodeksning 290-moddasi va Yo‘riqnomaning 17-bandiga ko‘ra, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo nazarda tutilgan bo‘lsa, unda transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma haydovchidan olib qo‘yiladi.

Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik turlari haqida keyingi xabarlarimida batafsil ma’lumot beriladi.

Demak, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo nazarda tutilgan bo‘lsa, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma haydovchidan olib qo‘yiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga muvofiq, quyidagi huquqbuzarliklar xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, haydovchiga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin:

— transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchining telefondan foydalanishi;

— transport vositasini boshqarish paytida transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rnatilgan monitordan (displeydan) tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish;

— transport vositasi salonining old qismiga o‘zboshimchalik bilan monitor (displey) o‘rnatish;

— yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqish, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan huquqbuzarlikni sodir etish;

— to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berish;

— mototsikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashish;

— belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborish;

— temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzish.


Codir etilgan huquqbuzarlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo nazarda tutilgan bo‘lsa, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma haydovchidan olib qo‘yiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga muvofiq:

Quyidagi huquqbuzarliklar xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida yana sodir etilsa haydovchiga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin:

— belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish;

— svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tish;

— quyidagi huquqbuzarliklar xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta va undan ortiq ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa:

— transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizish, yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik (Kodeksning 128-3, 128-5, 128-6 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollardan tashqari);

— odam tashish, transport vositalarini quvib o‘tish, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o‘tish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzish;

— yo‘lovchilarga loyqa sachratish.


Codir etilgan huquqbuzarlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo nazarda tutilgan bo‘lsa, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma haydovchidan olib qo‘yiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga muvofiq, quyidagi huquqbuzarliklar uchun, ular necha marta sodir etilayotganidan qati nazar (ya’ni birinchi marta sodir etilsa ham), haydovchiga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin:

haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi yoxud mastligi yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi;

yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi;

tegishli ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarida yo‘lga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqish;

transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi mol-mulk shikastlanishiga, jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 2
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 6
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 111
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 91
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 77
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 1
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 0
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 5
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 44
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Bo‘limlar