“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 05:16
ЎЗO‘Z

Xorijlik sayyohlarga tilla buyumlarni sotishga ruxsat berildi...

08 fev, 10:04 4 885 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorijlik sayyohlarga tilla buyumlarni sotishga ruxsat berildi... O‘zbekistonda xorijlik sayyohlarga tilla buyumlarni sotish va ularni mamlakatdan tashqariga olib chiqish ishlarini yengillashtirishga izn beruvchi yangi loyiha tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, zargarlik buyumlarini olib chiqish jarayonlari ham soddalashtirilmoqda. KUN.UZ muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning Xalqaro Press-klub tomonidan tashkil qilingan ochiq muloqotda bergan ma’lumotiga asoslanib, shu haqida ma’lum qildi.

Raisning ta’kidlashicha, yaqin orada O‘zbekistonda 10 grammdan 100-200 grammgacha bo‘lgan oltin sotuvlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa davlatga sezilarli daromad olib keladi. Shu bilan birga, bugungi kunda u qadar havas qilarli darajada bo‘lmagan zargarlik sohasi rivojlanib boradi.

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunning eng asosiy trendlaridan biri - shopping-turizm bo‘lib, Xitoy yoki hindistonlik sayyohlar oltin xarid qilish imkoni bo‘lgan mamlakatlarga borishga qiziqishadi. Ushbu mamlakatlar vakillarida o‘z sayohatlari davomida tilla buyum sotib oladigan odati bor.

O‘zbekiston 2020 yilga borib zargarlik buyumlarining yillik ishlab chiqarish hajmini 40 million dollardan oshirmoqchi. Uch yil ichida oltin buyumlar ishlab chiqarishni 2,4 karra, kumush buyumlarni ishlab chiqarishni esa 6,2 karra oshirmoqchi. 2020 yilga borib deyarli 14 million dollarlik zargarlik buyumlarini eksport qilish ko‘zda tutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 53
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 148
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 40
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 230
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 93
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 36
  • So'nggi yangiliklar
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 1
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 101
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 186
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 301
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 26
  • Bo‘limlar