“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 02:09
ЎЗO‘Z

Yashil yo‘lakdan 100 mln. so‘mdan oshiq tilla olib o‘tayotganligi aniqlandi

05 fev, 23:55 6 894 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yashil yo‘lakdan 100 mln. so‘mdan oshiq tilla olib o‘tayotganligi aniqlandi Toshkent xalqaro aeroportida “Yashil” yo‘lak orqali noqonuniy tilla taqinchoqlar olib kirishga uringan ilk qoidabuzarlar fosh qilindi.

Xabaringiz bor, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab, respublikamizning barcha xalqaro aeroportlarida jismoniy shaxslar uchun ikki yo‘lakli tizim, ya’ni “yashil” va “qizil” yo‘laklar joriy etildi.

Yaratilgan imkoniyatlardan o‘z shaxsiy manfaatlarida foydalanib, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yashil yo‘lak orqali tilla va zargarlik buyumlarini olib o‘tishga uringan ilk qoidabuzarlar to‘xtatib qolindi.

Istambuldan uchib kelgan fuqaro F.Yuldashevaning bojxona chegaralarini yashil yo‘lak orqali kesib o‘tayotib, o‘zini tutishi va bezovtalanishi bojxonachilarda bejiz shubha uyg‘otmagan ekan. Qarang-ki, F.Yuldasheva ayollar sumkasidagi pardoz upasi qutilariga va egnidagi kiyimi cho‘ntaklariga 263 gr. og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini yashirgani fosh bo‘ldi.

Dastlabki, hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur tilla va zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 67 mln. so‘mdan oshadi.

Ayni shu reys bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro G‘.Tolibov ham yashil yo‘lak bergan imkoniyatdan g‘ayriqonuniy maqsadda foydalanib qolishga urindi. Ya’ni, belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan 72 gr. og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini qizil yo‘lak qolib, yashil yo‘lakdan olib o‘tayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Dastlabki, hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur tilla va zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati salkam 16.5 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, mazkur post xodimlari “Istambul-Toshkent” reysining yana bir yo‘lovchisi fuqaro fuqaro M.Mavlyanova tomonidan qizil yo‘lak orqali harakatlanayotib, lekin yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan turib, qiymati salkam 24,5 mln. so‘mni tashkil qiluvchi 119 gr. tilla taqinchoqlarning yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yishdi.

Vaholangki, amaldagi tartiblarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

“Toshkent-Aero” IBK Axborot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxtimiz aeroporti orqali har sutkada dunyoning turli shaharlari bo‘ylab, o‘rtacha 40 dan ortiq reyslar amalga oshiriladi. Bu yerda bir kunda o‘rtacha 6-7 ming nafar yo‘lovchilar harakatlanayotgan bo‘lsa, shularning taxminan 93 % i bojxonadan yashil yo‘lak orqali o‘tishmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 57
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 227
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 84
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 227
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 216
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 122
  • So'nggi yangiliklar
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 0
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 20
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 136
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 67
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 56
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 138
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 57
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 227
  • Bo‘limlar