“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 12:13
ЎЗO‘Z

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi

05 fev, 15:34 4 918 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 11 aprelda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari o‘tishini belgiladi. Aslida ovoz berish 2018 yilning oktyabrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Prezident bayonotida nima uchun saylovlar o‘tadigan sana o‘zgartirilgani aytilmagan.

Aliyev – xukmron partiyadan Ozarbayjon prezidentliga nomzod sifatida ko‘rsatildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

2016 yilda Ozarbayjonda Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishga bag‘ishlangan referendum bo‘lib o‘tdi. Mamlakat bosh hujjatiga jami 29ta qo‘shimcha kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartishlardan biri prezident vakolatlarini besh yildan yetti yilga uzaytirish bo‘ldi. Mamlakatning amaldagi rahbari 54 yoshli Aliyev 2003 yildan beri prezident lavozimini egallab keladi. U prezidentlikni bemor otasidan qabul qilib olgan va uch marta bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ( 2003y, 2008 y va 2013 y.) g‘alaba qozongan edi. Uning amaldagi prezidentlik muddati 2018 yilda yakunlanishi kerak edi.

Yana bir qo‘shimchaga binoan mamlakatda ikkita vitse-prezident lavozimi ta’sis etildi. Har ikki vitse-prezident prezident tomonidan tayinlanadi va ishdan bo‘shatiladi, birinchi vitse-prezident esa mamlakatdagi ikkinchi rahbar deya tan olinadi. Prezident o‘z vazifasini bajara olmay qolgan taqdirda parlament tomonidan tayinlanadigan bosh vazir emas, balki birinchi vitse-prezident prezident vakolatlarini qabul qiladi.

2017 yilda Aliyev o‘zining rafiqasi, Majlis deputati Mehriban Aliyevani Ozarbayjon birinchi vitse-prezidenti lavozimiga tayinladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 273
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 165
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 843
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 273
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 168
  • Bo‘limlar