“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 18:30
ЎЗO‘Z

Shokolad evaziga tavsiyanoma yoxud Zulfiyachi bo‘lishni yolg‘onchilikdan boshlayotganlar

05 fev, 07:03 4 867 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shokolad evaziga tavsiyanoma yoxud Zulfiyachi bo‘lishni yolg‘onchilikdan boshlayotganlar Bilaman, birovning dilini og‘ritish ka’bani buzish bilan barobar. Ehtimol, undan ham og‘ir gunohdir.

Lekin odamlarga yaxshilik qilaman deb yomonlik qilib qo‘yish bundan-da mudhishroq xato. Hammaga yoqadigan risoladagidek odam bo‘lish uchun esa tug‘ma «iste’dod» kerak. Hozir odamlarning ko‘ziga qarab, ishonib ketaveradigan avvalgi Adiba emasman. Ammo insonni-inson qiladigan fazilatlar hali ham insoniy burchga xiyonat qilmaslikda, deb bilaman.

Kecha bir jondan-jon qadrdonimni juda qattiq xafa qilib qo‘ydim. Faqat… to‘g‘ri tushunsa bo‘lgani. Odamlar ko‘r yoki ovsar emas, atrofida nimalar bo‘layotganini ko‘rib, bilib turadi. Faqat ba’zi narsalarni betga aytishga andisha qiladi. Andishaning otini qo‘rqoq bilgan o‘sha tanishim bo‘lajak Zulfiyachilardan yana birini yonimga jo‘natibdi. O‘rtada tanish-bilishchilik bor, bundan istaganda foydalanish mumkin, deb o‘ylaganda u nobakor! Zulfiyachining otasiga mening nomimdan o‘zi taqriz yozdirib, shunga imzo qo‘ysa bo‘lgani, deb tayinlab ham qo‘yibdi.

— Buni kim yozdi? — deb so‘rasam, haligi odam miyig‘ida kulimsirabgina stolim ustiga shokolad qo‘ydi.

— Bunaqa ishlar qo‘limdan kelmaydi, — deb shokoladini qo‘liga qaytib tutqazdim. Keyin o‘zimga-o‘zim «kel, ozroq kengroq bo‘l, balki o‘zida ham bir nima bordir», deb qog‘ozga ko‘z yugurtirdim. Aftidan bu taqrizni so‘z ta’mini bilgan biror shoir yoki adabiyotshunos qoralagan-u ism-familiyasini qo‘yishga kelganda, buni o‘ziga ep ko‘rmasdan, bizga silab-siypalabgina «oshirib» yuborgan. Zulfiyachilarni shoirlarning katta-kichigi, baland-pasti, qadr-qimmati bilan nima ishi qolibdi, uyushma a’zosi degan joyga imzo chekadigan bir anoyini topsa bo‘ldi-da! Anoyilardan emasligimni sovuqqina salom-aligimdan sezdi shekilli, boshqa gap aytishga jur’at qilolmadi.

Qizginaning qoralamalarini ko‘zdan kechirdim. Havaskorlik darajasidan ham past. O‘qigan kitoblari bilan qiziqdim. Yana o‘sha… o‘shalar… O‘shalardan balandlardan birortasini o‘qimagan. Shunday bo‘lgandan keyin ulardan ham balandlari haqida so‘ramay qo‘ya qoldim. Orzulari bilan qiziqdim, bojxonachi bo‘larmish. Buni adabiyotga nima daxli bor, desam, qiziqishim-da, deydi.

Zulfiya mukofoti shoiralarga beriladi, bojxonachilarga emas. Agar bunga imzo qo‘ysam, shoira Zulfiya mendan qattiq xafa bo‘ladilar, deb ko‘z o‘ngida taqrizni yirtib tashladim. Nima, men Zulfiyachi bo‘lolmaymanmi, degandek umid bilan qaradi. Otasi esa darrov taqriz yozgan odamga telefon qilib: «Kulib turgan bilan buningni fe’li chatog‘-ku! Buyog‘ini ham o‘zing to‘g‘rilab bermasang bo‘lmaydi», — dedi buyruq ohangida.

Xayrlashayotganda negadir qizginaning beg‘ubor orzulari, yuzidagi issiqqina nuridan o‘tolmadim shekilli, bu yog‘ini ochiqchasiga gaplasha qoldim: men imzo qo‘ymagan bilan osmon uzilib yerga tushmaydi. Balki Zulfiyachi ham bo‘larsan, keyin-chi, keyin nima bo‘ladi? Adabiyot yo‘nalishida ketishni o‘zing ham istamay turibsan-ku, bu turishda, bojxonachi ham bo‘lolmaysan. Gapga tushunadigan qiz ekansan, hozirdan hayotingni yolg‘onlardan boshlab nima qilasan, dedim.

U nimanidir anglagandek xonamdan o‘ychan chiqib ketdi. Lekin men o‘sha tanishimning ra’yini qaytarganimdan pushaymon emasman. Bundaylar qanchadan-qancha qizlarni yo‘ldan urib, hayotini izdan chiqaryapti. To‘g‘ri, ular orasida qismat shu ekan, deb bunga ko‘nikib ketganlar shoira bo‘lmasa ham qandini urib yuribdi. Lekin meni ko‘proq ketmaganlari tashvishga soladi.

Qizlarjon, Zulfiya mukofotini yurakka taqish kerak. Halol kasb egasi, oddiy oila bekasi, vafodor ayol, ha, vafodor ayol, ma’rifatli ona bo‘lish ham bu mukofot sharafidan kam emas. Shunga munosib bo‘lish…
Manba: od-press.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlarni nima uchun sudga bergani ma’lum bo‘ldi 23 apr, 18:26 0
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 41
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Bo‘limlar