“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 07:24
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 7 ta davlat fuqarolari uchun vizalar bekor qilindi

03 fev, 22:00 6 731 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 7 ta davlat fuqarolari uchun vizalar bekor qilindi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan 2018 yilning 10 fevralidan Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonga muntazam aviareyslarni amalga oshiruvchi havo kemalari ekipajlari a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish sanasidan boshlab 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

2018 yilning 10 fevralidan turistik vizalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriluvchi mamlakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Bunda Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucher yoki O‘zbekiston Respublikasidagi taklif etayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs murojaatnomasining taqdim etilishi va vizani ikki ish kunida rasmiylashtirish bo‘yicha talab bekor qilinadi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018 yilning 1 iyulidan elektron kirish vizalarini berish tizimini ishga tushirish vazifasi yuklandi.

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy turistik mahsulotni ilgari surish markazi» DUK Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markaz» DUKga aylantirildi. U respublika sayyohlik salohiyatini ilgari surishni tashkil etish bo‘yicha vazifalarni amalga oshiradi.

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va «Nuroniy» O‘zbekiston faxriylarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamg‘armasining «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizm Dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. U respublika hududlariga turistik turlar tashkil etishni nazarda tutadi.

Farmon bilan asosiy faoliyat turi tematik bog‘ xizmatlarini tashkil etish bo‘lgan yuridik shaxslar tematik bog‘lar foydalanishga topshirilgan kundan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – yuridik shaxslar daromadiga soliq, yer solig‘i va mulk solig‘i, shuningdek, yagona soliq to‘lovidan ozod etildi. Tematik bog‘lar, mehmonxonalar hamda boshqa joylashtirish vositalari 2022 yilning 1 yanvariga qadar olib kirilayotgan va O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskuna, texnika, xomashyo, ehtiyot qismlari, qurilish va boshqa materiallariga bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. Bunda ushbu materiallar tematik bog‘lar, mehmonxonalar hamda boshqa joylashtirish vositalari qurilish, rekonstruksiyasi va jihozlanishida ishlatilishi lozim. Turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari 2022 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan quyidagilarga bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etildi:

8 va undan ortiq kishini olib yurishga mo‘ljallangan, turistik sinfdagi transport vositalari;

kanat yo‘llari, tog‘-chang‘i ko‘targichlari, funikulerlar va boshqa shunga o‘xshash ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, shuningdek, aerostatlar (havo sharlari), motor qayiqlar va kvadrotsikllar uchun mexanizmlar va ehtiyot qismlari.

Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazir o‘rinbosari S.R. Xolmurodov va Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 214
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 57
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 235
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 76
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 0
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 2
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 95
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 306
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 264
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 132
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 108
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 62
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 50
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 57
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 61
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 235
  • Bo‘limlar