“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 09:53
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi eng poraxo‘r tashkilot va muassasalar nomini bilasizmi?

02 fev, 17:30 15 958 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi eng poraxo‘r tashkilot va muassasalar nomini bilasizmi? O‘zbekistonda poraxo‘rlik va ta’magirlik borasida ichki ishlar va banklar tizimida ishlayotganlar yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi Sof.uz nashri «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tadqiqotlariga tayanib.

Aytilishicha, 12 ta hududiy nazorat va boshqaruv organlari ichida korrupsiya, poraxo‘rlik va ta’magirlik holatlari qayd etilishi borasida so‘rovda ishtirok etganlarning 25,7 va 21,4 foizi mos ravishda yuqoridagi ikki muassasani ko‘rsatgan.

So‘rovda qatnashganlarning fikricha, keyingi o‘rinlarda sudlar (19,6%) va prokuratura organlari turadi (19,5%).

Respondentlarning 13%i soliq organlarida, 11,5%i bojxona organlarida ta’magirlik tez-tez uchrashini bildirgan.

So‘rovda qatnashganlarning 5,7 foizi shahar va tuman hokimiyatlarida, 5,1 foizi litsenziyalash va sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi organlarda, 3,8 foizi mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatida, 2,4 foizi ekologik nazorat xizmatlarida poraxo‘rlik holatlari mavjudligini ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etgan tadbirkor va fermerlarning 22,4 foizi shahar hokimiyatlari xizmatlari tomonidan korrupsiya holatiga duch kelmaganini bildirgan, 43,2 foizi esa buni kam uchraydigan holat deb baholagan.

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining bildirishicha, so‘rovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 1100 nafar tadbirkor qatnashgan. Qatnashchilarning 80,1%i erkaklar, 19,9%ini ayollar tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 0
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 0
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 81
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 196
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 52
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 268
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 0
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 0
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 1
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 3
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 26
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 12
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 57
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 228
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 432
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 358
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 194
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 144
  • Bo‘limlar