“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 04:46
ЎЗO‘Z

Yangi Milliy xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayevning tarjimai holi

31 yanv, 15:32 20 362 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi Milliy xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayevning tarjimai holi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Milliy xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari ishtirokida bugun, 31 yanvar kuni yig‘ilish bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida ma’lum qilgan edik.

Yana ushbu majlisda mansab o‘zgarishlari yuz bergani to‘g‘risida ham xabar berilga edi. 1995 yildan buyon O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatini boshqargan Rustam Inoyatov lavozimidan ketgani, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev tayinlangani ham ma’lum qilingan.

«Xabar» nashri ayni damda Milliy xavfsizlik xizmati boshqaruviga kelgan yangi raisi Ixtiyor Abdullayev to‘g‘risida ma’lumotlarni chop etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ixtiër Abdullayev 1966 yilning 22 mayida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. Perm davlat universitetida huquqshunos mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Faoliyatini 1988 yilda Farg‘ona shahar sud ijrochisi sifatida boshlagan.

1990—1993-yillarda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasida ishlagan.

1993—1995-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi sudyasi, raisi vazifasini bajaruvchi, 1995—1997-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi sudyasi hamda Sudlov hay’ati raisi, 1997—2000-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining fuqarolik va amnistiya masalalari bo‘yicha referenti bo‘lib ishlagan.

2000—2001-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi raisi etib tayinlangan.

2001—2002-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining o‘rinbosari, 2002—2006-yillarda Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2006—2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, 2007—2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi, 2006—2009-yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori vazifasida ishlagan.

2009 yildan 2015 yilgacha O‘zbekiston Prezidentining tashkiliy va kadrlar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2015 yil 21 aprel kuni u 15 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bo‘lib ishlagan Rashid Qodirovning o‘rniga ushbu lavozimga tayinlangan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda u 1995 yil yozidan buyon uzluksiz ravishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimida ishlab kelayotgan general-polkovnik Rustam Inoyatov o‘rniga MXX rahbarligiga tayinlandi.

Ikkinchi darajali davlat adliya maslahatchisi.

Ixtiër Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlangach, prokuratura organlari tizimida ko‘plab o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Birgina Bosh prokuraturaning o‘zida ellikdan ziyod xodim vazifasidan ozod etilgan, ularning o‘rniga yangilari tayinlangan. Shuningdek, hududiy prokuratura organlari faoliyati ham jiddiy isloh qilinib, ko‘plab kadrlar almashtirilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 91
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 48
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 233
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 239
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar