“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 14:37
ЎЗO‘Z

India Open. O‘zbekistonlik yana ikki bokschi mag‘lub bo‘ldi, qolgan 7 bokschi bugun yarim finalda jang qiladi

31 yanv, 12:02 5 652 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
India Open. O‘zbekistonlik yana ikki bokschi mag‘lub bo‘ldi, qolgan 7 bokschi bugun yarim finalda jang qiladi WSB musobaqasiga so‘nggi tayyorgarlikni Hindistonda olib borayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan 7 nafari yarim finalda ringga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Bungacha 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi janglarda qatnashgan Mironshoh Ibragimov birinchilardan bo‘lib mag‘lub bo‘lgandi. Kecha — 30 yanvar kuni uning yoniga 60 kilogrammacha bo‘lgan Sherbek Rahmatullayev hamda 91 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi o‘zbekistonlik Laziz Mullajonov qo‘shildi.

Laziz Mullajonov Bahodir Jalolovning vazn toifasida jang qilishidan maqsad, asosiy bokschiga munosib o‘rinbosar tayyorlashdan iborat edi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston boks federatsiyasi 81 kilogrammgacha bo‘lgan sportchini Hindistonga yubormay, uning o‘rniga Laziz Mullajonovni jo‘natgandi. Biroq sportchi yarim finalga chiqa olmadi.

Bugun final ostonasida yetti o‘zbekistonlik jang qiladi. Ular orasida Bahodir Jalolovning raqibini eng jiddiy ekani bilan ajralib turadi. Chunki u kubalik. Yana 5 o‘zbekistonlik sportchi mezbon bokschilarni sinovdan o‘tkazadi. Xudoynazar Fayzovga esa Menni Pakyao vatandoshi raqib bo‘ladi.

-52 kg: Xudoynazar Fayzov — Marvin Tabamo (Filippin)
-56 kg: Abdulxay Shorahmatov — Etash Xon (Hindiston)
-64 kg: Iqbol Xoldorov — Dheraj (Hindiston)
-69 kg: Bobousmon Boturov — Singh Duryodxon (Hindiston)
-75 kg: Isroil Madrimov — Mandip Jangra (Hindiston)
-91 kg: Sanjar Tursunov — Sumit Sangvan (Hindiston)
+91 kg: Bahodir Jalolov — Topirak Ortega (Kuba)




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 0
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 70
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 109
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 227
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 118
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 0
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 70
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 21
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 23
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 141
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 143
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 51
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 288
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 77
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 109
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 71
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 373
  • Bo‘limlar