“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:46
ЎЗO‘Z

AQSh «Kreml hisoboti»ni e’lon qildi. Ro‘yxatda Usmonov va Abramovich ham bor

30 yanv, 16:04 5 888 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh «Kreml hisoboti»ni e’lon qildi. Ro‘yxatda Usmonov va Abramovich ham bor AQSh Moliya vazirligi «Kreml hisoboti»ni e’lon qildi, deyiladi Kun.uz xabarida. Ro‘yxatda rossiyalik 96 tadbirkor va 114 siyosatchi bor.

Ta’kidlanishicha, ro‘yxat sanksiya ko‘rinishida emas hamda unga kiritilgan shaxslarga nisbatan qandaydir cheklovlar joriy etilishini nazarda tutmaydi.

Qayd etilishicha, ro‘yxatdan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, moliya vaziri Anton Siluanov, energetika vaziri Aleksandr Novak, iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, IIV rahbari Vladimir Kolokolsev bor. Bundan tashqari, ro‘yxatga Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich, FVV rahbari Vladimir Puchkov, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforov kiritilgan.

Xabarlarga ko‘ra, AQSh Moliya vazirligining «Kreml hisoboti»ga Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham kiritildi.

Shuningdek, hisobotda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov, prezident ma’muriyati rahbari Anton Vayno, Putinning yordamchisi Vladislav Surkov, tadbirkorlar Alisher Usmonov, Roman Abramovich, Suleyman Kerimov va «Laboratoriya Kasperskogo» asoschisi Yevgeniy Kasperskiy nomi tilga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat departamenti Qo‘shma Shtatlarning sanksiyalar dasturi Rossiya «provokatsion va beqarorlashtiruvchi» harakatlarni to‘xtatmagunga qadar davom etishi haqida ma’lum qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 1
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 84
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 154
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 193
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 212
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 322
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 6
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 12
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 84
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 153
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 41
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 192
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 211
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 322
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 131
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 190
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 198
  • Bo‘limlar