“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 01:21
ЎЗO‘Z

Namangan shahridagi uyda gaz balloni portladi

30 yanv, 15:39 6 662 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namangan shahridagi uyda gaz balloni portladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati o‘tgan hafta respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar haqida ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, 22 yanvar kuni Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi fuqaro D.A.ning uyida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 40 kv. m. maydonda tomi, shift qismi va garajidagi «Neksiya» va «Damas» rusumli avtomobillari yonib zararlangan. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Shuningdek, 27 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi J.A.ning uyidagi isitish pechi mo‘risining nosozligi natijasida yong‘in kelib chiqib, uyning 80 kv. m. maydonda tomi, shifti qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

28 yanvar kuni Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaro J.I.ning kelini oshxonaga kirib, elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida xonaga to‘plangan gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida uyning 65 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan hamda uy egasi J.I., turmush o‘rtog‘i M.A. va kelini M.I. kuyish tan jarohati olishib, shifoxonaga yotqizilganlar. Xonaga gaz plitasiga o‘rnatilgan propan gaz balloniga shlang ulangan joyidan gaz sizib chiqishi gaz to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 125
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 29
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 206
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 79
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 30
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 0
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 0
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 2
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 5
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 16
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 10
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 19
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 20
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 139
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 239
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 18
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Bo‘limlar