“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 11:10
ЎЗO‘Z

Prezident topshirig‘i: «Terma jamoa 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari, 2022 yilgi JChga chiqishi kerak»

25 yanv, 16:15 5 496 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident topshirig‘i: «Terma jamoa 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari, 2022 yilgi JChga chiqishi kerak» Ayni paytda O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyada O‘FF bundan buyon O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi deb nomlangani ma’lum qilindi, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov O‘FA prezidenti etib saylandi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining xabar berishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ochilboy Ramatov navbatdan tashqari hisobot saylov yig‘ilishi davomida ma’ruza qilgan.

«Men davlatimiz rahbari bilan suhbatda bo‘ldim va jiddiy topshiriq olganman. O‘zbek futbolini yo bor qilamiz, yoki butunlay yo‘q qilamiz», deb aytgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti.

Ochilboy Ramatovning aytishicha, O‘zbekiston olimpiya va milliy terma jamoasi 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari hamda 2022 yilgi Jahon chempionatining final bosqichida qatnashishi kerak. «Bu Prezident topshirig‘i», deya ta’kidlagan u. Ushbu topshiriqlarning ijrosi davlat rahbari tomonidan aynan Ochilboy Ramatovga yuklatilgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti buning uchun terma jamoalar va futbolchilarga hamma sharoit yaratilishi, milliy terma jamoa bosh murabbiyi ishiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘qligini ma’lum qilgan. «Federatsiyada pul bo‘ladi, bundan xavotir olmang, — deb aytgan u. — Biz birovning qo‘liga qarab qolganimiz yo‘q. Hamma natijaga erishganlarni rag‘batlantira olamiz. Mamlakat ichkarisidayam, tashqarisidayam bizga yordam beradiganlar bor».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 0
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 0
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 118
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Bo‘limlar