“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:45
ЎЗO‘Z

«Men hammasini bilaman». Ochil Ramatov o‘zbek futbolida katta islohotlar o‘tkazmoqchi

25 yanv, 16:02 6 289 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Men hammasini bilaman». Ochil Ramatov o‘zbek futbolida katta islohotlar o‘tkazmoqchi Bugun, 25 yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi tashkil etildi.

Endilikda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining yangi rahbariga aylangan Ochilboy Ramatov o‘zbek futbolining hozirgi ahvoli yuzasidan tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Futbolni ko‘tarib, xalqimizning ko‘nglini ko‘tarishimiz kerak.

Osiyo chempionatida yosh futbolchilarimiz finalga chiqishi ushbu sohada yaxshi o‘zgarishlar bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Bu birinchi natijalarimiz.

Endi avvalgidek ishlamaymiz. Endi kim tarkibga kirishini kimdir telefon qilib belgilab bermaydi. Bu bo‘yicha ishlab, hammasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Endi avvalgidek o‘yinlar ketmaydi.

Endi hech kim tarkibni tanlashga ta’sir o‘tkazmaydi, hech kim qo‘ng‘iroq qilishga, talab qo‘yishga haqli emas. Hozircha boridan foydalanamiz. Keyinroq tub islohotlar o‘tkazamiz.

Bizda yaxshi murabbiy yo‘q, murabbiylarga yaxshi to‘lanmasa ish bo‘lmaydi. Endi avvalgidek o‘z ishtiyoqi bilan ishlaydigan murabbiylar yo‘q. Bori ham keksayib qoldi.

Murabbiy yosh futbolchilarning ota-onalari bergan 5 so‘m pul hisobiga yashaydi. Bu borada vaziyat qandayligini yaxshi bilaman. O‘zim shu sohani ichidan chiqqanman. «Lokomotiv» klubi maniki. Bilasizlar-a? Man shu darajaga keltirganman bu jamoani, bolalarni o‘zim tarbiyalaganman, hammasini boshidan boshlab. Futboldagi o‘yinlarning hammasini bilaman», deydi O‘FAning yangi prezidenti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 866
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 665
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 1 026
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 264
  • Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 27 mar, 02:20 211
  • O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi 27 mar, 02:13 456
  • So'nggi yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 11
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 90
  • Bo‘limlar