“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 16:55
ЎЗO‘Z

Umid Ahmadjonov Madridda Xorxe Valdano bilan uchrashdi

21 yanv, 18:10 4 915 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Umid Ahmadjonov Madridda Xorxe Valdano bilan uchrashdi O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati taklifiga binoan rasmiy safar bilan Ispaniyaga jo‘nab ketgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun, 21 yanvar kuni Madridda Umid Ahmadjonov argentinalik sobiq futbolchi, 1986 yilgi Jahon chempionati g‘olibi Xorxe Valdano bilan uchrashdi.

Xorxe Valdano o‘z vaqtida “Valensiya”, “Real” Madrid kabi klublarda murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, bir muddat “Real” Madrid futbol klubi bosh direktori sifatida ham ish olib borgan.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov Xorxe Valdano bilan O‘zbekistonda malakali futbol murabbiylarini tayyorlash bo‘yicha yangi tizimni yaratish, bolalar va o‘smirlar futbol murabbiylarining saviyasini oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov "Real Madrid" futbol klubi rahbariyati tomonidan "Real Madrid"- "Deportivo" uchrashuvini bevosita "Santyago Bernabeu" stadionidagi prezident lojasidan tomosha qilishga taklif etilgan bo‘lib, uchrashuvdan so‘ng “Qirollik klubi” rahbariyati bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 110
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 169
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 120
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 269
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 130
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 153
  • So'nggi yangiliklar
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 20
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 62
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 110
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 169
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 66
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 61
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 202
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 186
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 68
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 385
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 99
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 120
  • Bo‘limlar