“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 09:48
ЎЗO‘Z

Pishloq yurak-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi

19 yanv, 12:31 9 739 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pishloq yurak-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari har kuni bor-yo‘g‘i 40 grammdan pishloq iste’mol qilish insult rivojlanishining va yurak ishemik kasalliklarining oldini olishi mumkin ekanligini tasdiqladi.

Parhezshunoslar uzoq yillar pishloqqa nisbatan munozarali munosabatda bo‘lgan: bir tomondan — uning tarkibida xolesterin miqdorini ko‘taruvchi, ateroskleroz va yurak-tomir kasalliklari xavfini oshiruvchi to‘yingan yog‘lar ko‘p, boshqa tomondan — uning tarkibi organizm uchun foydali bo‘lgan oqsillar, kalsiy va probiotiklardan tashkil topgan.

Xitoy va Niderlandiya olimlari guruhi tomonidan o‘tkazilgan bir necha tadqiqot natijalaridan keyin ular, muntazam ravishda pishloq iste’mol qiluvchi kishilar pishloqni umuman iste’mol qilmagan va kam iste’mol qiluvchilarga qaraganda yurakning ishemik kasalliklari bilan 14% , insult bilan esa 10% kam kasallangan degan xulosaga keldi.

Shu bilan birgalikda tadqiqot mualliflari pishloq iste’mol qilish va yurak-tomir kasalliklarining rivojlanishi orasiga — agar siz har kuni katta bo‘lakdan pishloq yemasangiz, unda insultning paydo bo‘lish xavfini kamaytira olmaysiz (yoki aksincha) kabi to‘g‘ri bog‘liqlik o‘rnatish mumkin emasligini eslatib o‘tdi.

Me’yorini bilish muhim: xuddi shu tadqiqotlarga ko‘ra, eng yaxshi ko‘rsatkichlar bir kunda 40 grammga yaqin pishloq iste’mol qiluvchi odamlarda bo‘lgan.

Garchi olimlar pishloq iste’mol qilish va kasalliklar xavfining kamayishi orasidagi bog‘liqlikni aniqlay olmagan bo‘lsa ham, doktor Alan Styuart hamma gap pishloqning tarkibidagi probiotiklar va kon’yugirlangan linol kislotasining yuqori darajasida deb taxmin qiladi.

Birinchisi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi, kislotalar esa yomon xolesterin darajasini pasaytirish va yaxshi xolesterin darajasini ko‘tarish xususiyatiga ega.

Olimlar tadqiqotlarni davom ettirish va nafaqat pishloqning, balki uning boshqa navlarining ham foydasini o‘rganish niyatida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 26
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 79
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 186
  • Organizm uchun eng muhim element — magniyga boy mahsulotlar 27 mar, 08:57 136
  • Sochlar salomatligi va tezroq o‘sishi uchun foydali mahsulotlar 26 mar, 17:23 71
  • To‘satdan bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi nimadan darak beradi? 26 mar, 15:08 159
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 0
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 0
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 1
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 3
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 26
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 12
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 57
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 228
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 432
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 358
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 194
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 144
  • Bo‘limlar