“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 04:41
ЎЗO‘Z

Shahnoza Mirziyoyevaning kursdoshi: “Uning xayolida o‘zini yuqori tutish, manmansirash yoki pulga qiziqish bo‘lmagan!”

19 yanv, 09:10 16 997 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahnoza Mirziyoyevaning kursdoshi: “Uning xayolida o‘zini yuqori tutish, manmansirash yoki pulga qiziqish bo‘lmagan!” Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlagani haqida xabar bergan edik.

Ushbu xabarni saytimiz bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga joylashtirganimizdan so‘ng, ko‘plab iliq fikrlar bildirildi. O‘z mulohazalarini bayon etayotganlar Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosati, adolatli qarorlari, xalq manfaati yo‘lidagi sa’y-harakatlari bilan odamlar ishonchini oqlagani, uning qizi ham otasining tarbiyasini olib, izidan borishini yozishmoqda. Ular orasida Shahnoza Mirziyoyeva bilan birga o‘qigan kursdoshining fikrlari e’tiborimizni tortdi.

“Juda yaxshi bo‘libdi, haqiqiy munosib kadr! Bu qiz bilan men 4 yil kursdosh bo‘lganman, u payt dadasi Bosh vazir edi. Shunga qaramasdan juda tarbiyali va aqlli qiz edi. Hozir ham shundayligiga shubham yo‘q!

Ota-onasi pastroq lavozimlarda ishlaydiganlarning farzandlari o‘qishda nimalar kilmasdiyu lekin Shahnoza, hatto, dars qoldirmasdi. Umuman, hech kimdan ajralmay, konspekt yozib kelardi, shu xarakteriga barcha o‘qituvchilar ham uni juda hurmat qilardi.

Men aminman-ki, u hozirgi lavozimida zo‘r ishlaydi. Chunki, uning xayolida hech qachon o‘zini yuqori tutish, manmansirash yoki pulga qiziqish bo‘lmagan. Ustiga-ustak judayam aqlli, shunday ob’ektiv, tashqi faktorlarga qaram bo‘lmagan inson natija berishiga aminman”, deb yozadi Shahnoza Mirziyoyevaning sobiq kursdoshi Otabek Tursunxo‘jayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 526
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 75
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 67
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 349
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 23
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 103
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 100
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 65
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 203
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 106
  • Bo‘limlar