“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 12:38
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 10 nafar elchini shaxsan ishdan bo‘shatdi

13 yanv, 07:00 5 241 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 10 nafar elchini shaxsan ishdan bo‘shatdi 11 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralar rahbar xodimlari ishtirok etdi.

«Hurmatli, yig‘ilish ishtirokchilari! 2018 yilda oldimizda yanada keng ko‘lamli o‘ta muhim vazifalar turibdi. Birinchidan, o‘tgan yili xorijda erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish lozim. Ularni qog‘ozdan hayotga ko‘chirish kerak. Xalqimiz kelishuvlar amalga oshirilishini umid bilan kutyapti, axir. Bundan tashqari, joriy yilda 20dan ortiq yuqori darajadagi tashriflar, xalqaro anjumanlarni o‘tkazishni rejalashtirganmiz», dedi prezident.

Prezidentning aytishicha, islohotlar o‘zgarishi davrida elchilar ham shaxsan faol ishtirok etishi zarur. Davlat rahbari har bir elchiga amaliy faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, kuchaytirishini talab qildi.

«Orangizdan kimdir ana shunday o‘ta muhim jarayonlarni chetdan tomoshabin bo‘lib, kuzatib turishiga yo‘l qo‘ymayman. Shuning uchun, yangi tashkil etilgan maxsus komissiya oldida har biringiz ish reja va hisobotlarni topshirishingiz so‘raladi. Agar kimningdir faoliyati nomaqbul, deb topilsa, o‘sha vakolatxona yopiladi», deb aniq masalaga ishora qildi u.

Yig‘ilishda ish faoliyatini tubdan o‘zgartirib, aniq natijalarga erishayotgan xorijiy mamlakatdagi elchilar alohida e’tirof etildi. Prezident shunga qaramasdan, 2017 yilning o‘zida «qattiq uyquga ketgan» hamda ishiga yengi-yelpi qarab kelgan 10 nafar elchini shaxsan lavozimdan olganini ma’lum qildi.

O‘tgan yilda O‘zbekistonning Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Malayziya va boshqa davlatlardagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan bo‘shatilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 217
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 55
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 279
  • So'nggi yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 4
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 106
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 93
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 70
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 100
  • Bo‘limlar