“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:28
ЎЗO‘Z

Harbiy qismga tegishli "Xanter"ni noma’lum shaxs o‘g‘irlab qochdi

12 yanv, 23:30 8 020 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Harbiy qismga tegishli "Xanter"ni noma’lum shaxs o‘g‘irlab qochdi Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi harbiy qismga tegishli bo‘lgan Xanter nima maqsadda olib qochilganini o‘rganmoqda.

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 9 yanvar kuni taxminan soat 17.35 da shahar IIBga noodatiy xabar kelib tushadi. Xabarga ko‘ra, noma’lum shaxs Olmaliq shahar Amir Temur ko‘chasidagi 15-uyning oldidan avtomashina o‘g‘irlab qochgani aniqlangan.

Voqeani o‘rganish jarayonida Toshkent viloyati IIB xodimlari ushbu avtomashina Viloyatning Ohangaron tumanida joylashgan harbiy qismiga tegishli ekanligini aniqlashgan.

Harbiy qism xizmatchisi Sobir Bahodirovich Qurbonov boshqaruvidagi “UAZ-Xanter” avtomashinasini noma’lum shaxs noma’lum tomonga olib qochib ketadi.

IIB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu avtoulov Quyichirchiq tumani Toshovul hududi, Do‘stlik ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariq yonidan topilgan.

Avtomashinani olib qochgan shaxs boshqaruvni yo‘qotgan va avtomashinani ag‘darib yuborgani ham aniqlangan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Olmaliq shahar Repina ko‘chasi 3-uyda yashovchi, vaqtincha ishsiz, 23 yoshli Haydar Bunyodovich Baxtiyorov tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, Jinoyat protsessual kodeksning 227-moddasi asosida qo‘lga olingan.

Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasining “UzNews.uz” ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

P.S Jinoyat protsessual kodeks talabi va tergov siri bois yuqorida keltirilgan ismlar o‘zgartirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 98
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 49
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 241
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 275
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar