“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 18:56
ЎЗO‘Z

Botir Parpiyev iste’fo so‘ragani haqidagi xabarlardan keyin ilk bor ommaviy tadbirda ishtirok etdi

09 yanv, 12:49 7 598 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Botir Parpiyev iste’fo so‘ragani haqidagi xabarlardan keyin ilk bor ommaviy tadbirda ishtirok etdi Prezident Shavkat Mirziyoyev hali rasman lavozimga kelmagan davrlarni eslaysizmi? Prezident vazifasini bajaruvchi sifatidagi mas’uliyatli 3 oyda davlat rahbari iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik biznes va tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish, ularni bo‘lar-bo‘lmas tekshiruvlardan ozod qilish, to‘siqlarni olib tashlash, nafsini ishining mohiyatiga aylantirgan ayrim nazoratchilarni soliq va boshqa organlardan tozalash masalasiga qat’iy kirishdi.

U saylovoldi dasturida ham bularni eng ustuvor vazifalardan biri sifatida keltirgan edi. Va Prezident va’dasining ustidan chiqyapti. Mamlakatning oxirgi 1 yilida tadbirkor haqida so‘z ochilmagan, uning manfaati himoya qilinmagan, qo‘llab-quvvatlanmagan yig‘ilish bo‘ldimi? Yo‘q! Hatto, tizimlarning eng katta rahbarlaridan tortib, eng quyidagilargacha tadbirkorlarga teginmaslik yuzasidan ogohlantirildi. Bugun halol, mamlakat taraqqiyoti uchun hissa qo‘shib, iqtisodiyotga foyda keltiraman, ham o‘zim, ham odamlarning faravon hayoti uchun mehnat qilaman degan tadbirkorga hech kim to‘sqinlik qilmaydi. Ular uchun imkoniyatlar ham talaygina. Bu imkoniyatlar va sharoitlarni Davlat soliq qo‘mitasi raisining shaxsan o‘zi yetkazib, tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi esa yuqori tizimning islohotlarga labbayi.

8-13 yanvar kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarning ochilish marosimida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev ishtirok etdi.

Parpiyev O‘zbekiston Respublikasi soliq va byudjet siyosatining 2018 yilgi asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 29 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli qaror va “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 454-sonli Qonun qabul qilingan edi.

Mazkur Qonun bilan 3 ta qonunlarga, jumladan Soliq kodeksining 47 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

“O‘zekspomarkaz”ga yig‘ilganlar soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida bevosita Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevdan ma’lumot oldilar.

Ma’lumot uchun, 2017 yil dekabr oyi oxirlarida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevning Prezidentdan iste’fo so‘ragani haqidagi yolg‘on xabarlar tarqalgan edi. Parpiyev ushbu xabarlardan keyin ilk bor ommaviy tadbirda ishtirok etib, xabarlar haqiqatdan yiroq ekaniga ishora berdi.

Ko‘rgazmali seminar 13 yanvargacha davom etadi. Soliq qonunchiligiga oid o‘zgarishlar haqida esa keyinroq xabar beramiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 94
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 81
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 73
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 95
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 574
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 539
  • So'nggi yangiliklar
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 2
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 28
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 20
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 50
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 195
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 135
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 204
  • Bo‘limlar