“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 07:19
ЎЗO‘Z

Saratonga chalingan aktrisa jonli efir chog’ida sevganiga turmushga chiqdi

03 yanv, 12:18 8 714 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saratonga chalingan aktrisa jonli efir chog’ida sevganiga turmushga chiqdi Gollivud aktrisasi va jurnalist Mariya Menunosga 2017 yilning kuz faslida miya saratoni tashxisini qo’yilgan edi. Aktrisa Yangi yil bayrami arafasida shahardagi Tayms-skver maydonida sevgan insoni, rejissyor va prodyuser Kevin Andergaroga turmushga chiqdi.

Xabarda aytilishicha, to’y marosimini Mariyaning o’zi olib borgan va o’zini eng baxtiyor kelinchak deb atagan. Kelin to’y marosimida esa hashamatli oq ko’ylakda namoyon bo’ldi.

Kelinchak sevgan insoni bilan 20 yildan buyon tanish. Turmush qurish fikri esa aktrisada saraton kasalligi alomatlari topilgandan keyin yanada qat’iylashdi. Qayd etish kerakki, Mariya yil so’ngida og’ir operatsiyani boshdan kechirgan va shifokorlar tomonidan kasallik qaytalanishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. Mariya kasalxonada davolanib, saraton bilan kurashgan paytlari Kevin uni bir daqiqaga bo’lsa-da yolg’iz qoldirgani yo’q.

Ming afsuski, saraton aktrisaga kelgan yagona g’ussa emas. Aktrisaning volidasi ham miya saratoni bilan kurashmoqda.
“Onam uchun yaxshi yangilik! Biz bugun Tayms-skverda turmush quryapmiz. Men eng sovqotadigan, biroq eng baxtli kelinchak bo’laman” deb yozadi Mariya Instagramdagi sahifasida.

Eslatib o’tamiz, aktrisa Mariya Menunos turli seriallardagi rollari orqali tanilgan, 1996 yilda esa “Massachusets go’zali” tanlovi g’olibasiga aylangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 1
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 486
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 343
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 430
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 124
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 28
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Bo‘limlar