“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 07:55
ЎЗO‘Z

Hind okeanida 7 oy suzib yurgan sayyoh qutqarildi

28 dek, 10:35 8 015 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hind okeanida 7 oy suzib yurgan sayyoh qutqarildi 25 dekabrda Reyunon oroli sohillari yaqinida, Hind okeanida nosoz qayiqda 7 oy bir o‘zi suzib yurgan polshalik sayyoh qutqarildi. Bu haqda Fransiyaning dengizlarda qutqarish jamiyati (SNSM) ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 56 yoshli Zbignev Reket 20 may kuni Komor orollaridagi Samira shahridan Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahri tomon suzib ketgan. Sayyohga portda topib olingan mushuk hamrohlik qilgan.

Sayohat davomida qayiqning dvigateli ishdan chiqqan, shundan keyin qayiq boshqaruvsiz qolib ketgan. “Men kemani boshqarolmay qoldim. Meni to‘lqinlar Somali, keyin Maldiv, Indoneziya, Mavrikiy va oxir-oqibat Reyunon sohillariga olib ketgan. Men quruqlikni ko‘p marta uchratdim, biroq u tomon borolmasdim”, deb eslamoqda sayyoh.

Sayyohda hech qanday aloqa vositasi bo‘lmagan. Bundan tashqari, u faqatgina bir oyga yetadigan oziq-ovqatga ega bo‘lgan. Yeguliklar tugagandan keyin, u baliq tutib, yomg‘ir suvini ichishiga to‘g‘ri kelgan.

Qutqaruvchilar qayiqni 25 dekabrda aniqlashgan. Sayyoh quruqlikka yetkazilgan. Ta’kidlanishicha, u juda oriqlab ketgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 0
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 0
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 0
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 0
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 190
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 250
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 0
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 0
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 0
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 59
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 100
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 156
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 329
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 189
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 249
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 52
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 97
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 117
  • Bo‘limlar