“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:18
ЎЗO‘Z

Bollivud yulduzi Shohrux Xon o‘zining 50 yillik yubileyini nishonlamoqda

02 noya, 18:35 17 109 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bollivud yulduzi Shohrux Xon o‘zining 50 yillik yubileyini nishonlamoqda Yurtdoshlari uni “Bollivud qiroli” deb atashadi, biroq uning birinchi taxallusi kinematografiya bilan bog‘liq bo‘lmagan. Bu haqda Kun.uz sayti xabar bermoqda.

Hindistonning eng mashhur aktyorlaridan biri bo‘lgan Shohrux Xon bugun o‘zining 50-yilligini nishonlamoqda. Aktyorning butun dunyodagi muxlislari ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek tavallud kuni munosabati bilan maxsus rukn ochgan yirik ingliz tilidagi hind gazetasi bo‘lgan Times of India`da minglab tabriknomalar qoldirishdi.

“Siz afsonasiz”, - deya izoh qoldirgan hind Anand Krishnasvami va “o‘z o‘g‘liga aktyorning ismini berish”ni va’da qilgan. “Tug‘ilgan kuningiz bilan, muxabbatim”, - deydi aktyorning boshqa muxlisi Avantikka Kapur.

Akter 1965 yilning 2 noyabrida tavallud topgan. Vatandoshlari uni “Bollivud qiroli” deb atashadi. Maktabda bo‘lajak aktyor 200 va 400 metrga yugurish bo‘yicha chempion bo‘lgan, shuning uchun sinfdoshlari uni “pochta poezdi” deya atashgan.

Shohrux Xon o‘z karerasini 1988 yilda R.K.Kapur rejissyorligidagi serialdagi yosh ofiser rolidan boshlagan.

“Men hech qachon kinoyulduz karerasi haqida o‘ylamaganman”, - deya aktyor keyinchalik tan olgan. Men o‘z kuchimni teatrda sinab ko‘rdim, sport bilan shug‘ullandim va boshqa ko‘p mashg‘ulotlar bilan shug‘ullandim. Men har doim o‘zimni kinematografiya uchun etarli darajada iste’dodli deb o‘ylamaganman.

1992 yilda Xon Raj Kapurning o‘g‘li Rishi Kapur bilan “Ongsiz muhabbat” kartinasida birgalikda rol ijro etishgan. Aynan shu rol aktyorning Bollivuddagi karerasida muhim qadam bo‘ldi va unga Hindistondagi obro‘li kinomukofoti bo‘lmish Filmfare Awards`ni olib keldi.

“Kinoda men hech qachon janjallashmayman va ayollarni xafa qilishni istamayman”, - deya so‘z bergan edi aktyor.

Xon deyarli barcha filmlarda orzusidagi qizga etishish yo‘lida ko‘plab to‘siqlarni engib o‘ta olgan oshiq rolini ijro etganligiga qarmay, o‘zining mazkur va’dasi ustidan chiqa oldi.

Shohruh Xon hammasi bo‘lib 80ta filmda rol ijro etdi, Filmfare Awards`ning 14ta mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning ijrosidagi rollar mumtoz hind filmlari sanaladi. Ular orasida “Vir va Zara”, “Mening ismim Xon”, “Hech qachon alvido dema”, “Alvido” kabi filmlar ayniqsa muxlislar muxabbatiga sazovor bo‘lgan. Aktrisa Kajol bilan birgalikda rol ijro etgan “O‘g‘irlanmagan kelin” lentasi hind prokatida deyarli 20 yil davomida aylandi.

“Men bugun 50 yoshga to‘ldim, - deb yozadi aktyor Twitter mikroblogi saytidagi shaxsiy sahifasida. – Biroq ushbu yillar davomidagi siz (muxlislar) ning muhabbatingiz tufayli o‘zimni 25 yoshda deb his qilyapman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 141
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 273
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 353
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 298
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 0
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 1
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Bo‘limlar