“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 10:09
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev videoselektorda faqat bir kishining mehnatini e’tirof etib, rahmat aytdi...

22 dek, 20:59 8 447 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev videoselektorda faqat bir kishining mehnatini e’tirof etib, rahmat aytdi... Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga murojaatida O‘zbekistonning investitsiya jozibadorligini oshirish, xorijiy sarmoyalar va chet ellik sayyohlarni keng jalb etish O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalarining asosiy vazifalaridan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

“Barcha elchilar eshitsin, Yangi yildan boshlab ish uslubi o‘zgaradi. Agar har haftada investitsiya bo‘yicha aniq takliflarni bermasa, O‘zbekistonga hech bo‘lmaganda 10 nafar turist jo‘natmasa bunday elchi bizga kerak emas. Sayyohlik ham – investitsiya. Tashqi ishlar vaziri haftada ikki marta elchilar bilan gaplashib, nechta sayyoh keladi, qanday investitsiya kiritiladi, elchi qaysi zavodlarga bordi, qaysi mahsulotlar arzon, qanday texnologiya olib kelsa bo‘ladi, mana shularni muhokama qilishi kerak”, deydi Prezident.

Videokonferensiya aloqa shaklida o‘tgan majlisda O‘zbekistonning butun dunyodagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ham qatnashdi.

O‘zbekistonning Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchilari aloqaga chiqib, Prezidentning tashriflaridan so‘ng ushbu mamlakatlar bilan hamkorlik yanada faollashganini, qo‘yilayotgan vazifalar asosida elchixonalar faoliyati yangicha mezonlar asosida tashkil etilayotganini qayd etdi.

Prezident ushbu yig‘ilishda bir kishiga minnatdorlik bildirdi. U ham bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Baxtiyor Saidov bo‘ldi.

Prezident Saidovning hisobotini eshitib, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida amalga oshirayotgan sa’y-harakatlariga minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida joriy yilning iyul oyi oxirida ish boshlagan edi. Bungacha “O‘zbekengilsanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari–bosh menejeri lavozimida ishlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 302
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 423
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 99
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 246
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 183
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 217
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 0
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 93
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 72
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 75
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 69
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 67
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 99
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 44
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 148
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 276
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 94
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 223
  • Bo‘limlar