“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:25
ЎЗO‘Z

2018 yil uchun davlat byudjeti tasdiqlandi

21 dek, 07:22 9 899 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2018 yil uchun davlat byudjeti tasdiqlandi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining XIII yalpi majlis yig‘ilishida O‘zbekistonning 2018 yilgi davlat byudjeti tasdiqlandi. Unda yalpi ichki mahsulotning 0,02 foizi yoki 59 mlrd so‘m miqdoridagi profitsit bilan chiqish belgilangan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, 2018 yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi 290,6 trln so‘m, YaIM deflyatori - 14,1 foiz, iste’mol narxlari indeksi - 12-13 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Byudjetning daromad qismi YaIMning 21,4 foizi yoki 62,229 trln so‘m, xarajatlar qismi esa YaIMning 21,4 foizi yoki 62,17 trln so‘m darajasida bo‘lishini ta’minlash rejalashtirilmoqda. Davlat byudjetining asosiy xarajatlari yo‘nalishlari uning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlashga qaratilgan. 2018 yilda ijtimoiy soha xarajatlari 34,7 trln so‘mni tashkil etadi.

"Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun 8,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlashga 815 mlrd so‘m yoki 2017 yildagidan 3 barobar ko‘p mablag‘ sarflanadi. 48 ta oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga 559,1 mlrd so‘m yoki 1,5 barobar ko‘proq ajratiladi. 296 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek tibbiyot muassasalarini jihozlashga 803,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Uy joy-kommunal sohasiga oid ishlarni amalga oshirishga 230,3 mlrd so‘m sarflanadi. Transport-kommunikatsiya loyihalariga 469,2 mlrd so‘m, hududlardagi ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga 568,6 mlrd so‘m ajratiladi", deydi u.

2018 yilda YaIM o‘sish hajmi 2017 yil bilan solishtirilganda 5,9 foizga o‘sishi ko‘zda tutilgan. Jumladan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 6,4 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 4 foiz, kapital qo‘yilmalar hajmining 6,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning 2017 yilgi davlat byudjeti YaIMning 1 foizi yoki 2,4 trln so‘m miqdoridagi defitsit bilan tasdiqlandi. YaIM o‘sish hajmi 5,5 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 206
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar