“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 17:25
ЎЗO‘Z

Amerikalik neyrojarroh Eben o‘limdan keyingi hayot borligini amalda isbotladi

17 dek, 16:44 21 438 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikalik neyrojarroh Eben o‘limdan keyingi hayot borligini amalda isbotladi Ma’lumot berishlaricha, u 2008 yili miyaga infeksiya tushishi oqibatida ikki haftadan ko‘proq koma holatida yotdi. Vrachlar neyrojarroh komadan uyg‘onmasligi mumkinligini taxmin qilishgandi. Biroq ehtiyot shart sun’iy hayot bag‘ishlovchi uskunaga ulab qo‘yishdi. Qarindoshlari ham Ebendan butkul umidini uzdi. Qarangki, Ollohning mo‘’jizasi yana bir karra o‘zini namoyon etib, neyrojarroh kutilmaganda koma holatidan chiqdi. Shundan so‘ng 63 yoshli vrach o‘limdan keyingi hayot haqida yaqinlariga gapirib bera boshladi.

— Men avval yumaloq bir maskanni ko‘rdim, — dedi u. — Bu maskandan judayam yoqimli musiqa taralardi. Bu musiqani tinglab to‘ymaydi odam. Keyin esa o‘ta kuchli yorug‘lik bag‘ridan o‘tib qandaydir vodiyga borib qoldim. Vodiyda yam-yashil, bo‘yi naq belga urar maysalar ohista chayqalardi. Esayotgan mayin, yoqimli shabada ko‘ngilga yanada ko‘proq huzur bag‘ishlardi. Sharsharalar suvi o‘zidan yorqin nur taratardi. Osmondagi bulutlar ham ajoyib go‘zal. Men vodiyda ko‘plab odamlarni, jonivorlarni ko‘rdim… Yo‘q, bu tush ham, illyuziya ham emasdi. Men ruhim bilan birgalikda o‘sha vodiyda haqiqatan bo‘lib qaytdim. Ishondim, amin bo‘ldim. O‘limdan keyingi hayot bor. Faqat bu hayotga rostakamiga olamdan o‘tganlar Yaratganning barcha sinovlari, savol-javoblaridan o‘tgach, yorug‘ dunyoda yo‘l qo‘ygan gunohlari ajrini to‘lagachgina yetishsa kerak…

Eben Aleksandr koma holatidagi ko‘rgan-kechirganlarini o‘zining «Koinotdagi tiyrak hayot. Neyrojarrohning boqiy mavjudlikka sayohati» nomli kitobiga kiritdi.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar