“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 22:32
ЎЗO‘Z

Prezident: «O‘zbekistonning boyligi xalqimizning hozirgi yashash darajasiga hech to‘g‘ri kelmaydi»

09 dek, 22:31 8 968 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: «O‘zbekistonning boyligi xalqimizning hozirgi yashash darajasiga hech to‘g‘ri kelmaydi» 7 dekabr kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar haqida yana bir bor gapirdi. Bayram nutqidan sitata Kun.uzda quyidagicha keltirilgan:

“Bir narsani bilinglar, qabul qilayotgan barcha masalalarimiz – bu tadbirkorlarga juda katta yo‘l ochib berish. Shu vaqtgacha tadbirkorlarni juda ko‘p o‘zimiz qiynadik, qonunlarimiz qiynadi, muhit qiynadi. Bizning ota-bobolarimizdan qolgan, umuman O‘zbekistonning boyligi xalqimizning hozirgi yashash darajasiga hech to‘g‘ri kelmaydi. Agar biz haqiqatdan O‘zbekistonda bo‘lgan boyliklarni hozirgi mana shu fanimizni rivojlantirib, farzandlarimizni tarbiya qilib, tadbirkorlarga yo‘l ochib berib, men bejiz aytmayapman, yana takrorlayman – tadbirkor bizni ertaga boqadi. Mana shuni hamma bilishi kerak, kattami-kichik, qanday lavozimda ekanidan qat’i nazar. Yana takror aytaman – tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lish davlat siyosatiga xiyonat. Yana o‘nta qaror, farmon qabul qilamiz, nimaga? “Ipak yo‘li” deb aytishadi, Samarqand, Buxorolarda bizning otalarimiz qanday-qanday tadbirkorlik bilan, qaysi yo‘llar bilan borib savdo-sotiq qilganini hamma biladiku. Hamma uni nima qilgan? Davlat qo‘llab-quvvatlagan, o‘sha yerda hukmdorlar qo‘llab-quvvatlab, tuyalar bergan, lashkarlarini bergan, hamma imkoniyatni yaratgan.

Bizda nima? Hamma bechora tadbirkorning oyog‘iga kishan. Nima uchun men buni kuyunib gapiryapman? Iqtisodiyotimizni barqaror qilishimiz, hozirgi qo‘ygan rejalarimiz, mana biz bu yil birinchi qadam qo‘ydik – konvertatsiya birinchi qadam. Endi juda ko‘p ishlar qilishimiz kerak. Xohlagan davlatdan xohlagan tadbirkor, mana nechta davlatga borib taklif qilinyapti, ertaga keladi ular. Ertaga aeroportda, kechirasiz, katta narsa o‘tirib: sen kimsan, deb o‘tirsa, qonunni bilmasa darrov samolyotga o‘tirib qaytib ketadi. Bu qanaqa davlat ekan, deydi. Nima uchun men o‘zim aeroportga boryapman? Nima uchun aeroportni rahbarlarini o‘zgartiryapman? Ostonadan boshlanadi hamma noinsoflik tadbirkorga, ostona ochiq bo‘lib, halol bo‘lsa, agarda tadbirkorlarga biz hammamiz ko‘mak bersak, natijamiz mutlaqo boshqa bo‘ladi. Bunga munosib ham tadbirkorlar bor, ham xalqimiz shunga moyil, bizning qonimizda bu narsa bor”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 59
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 195
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 167
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 113
  • So'nggi yangiliklar
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 0
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 14
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 30
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 97
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 62
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 139
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 50
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 179
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 300
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 58
  • Bo‘limlar