“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 09:18
ЎЗO‘Z

Energetik ichimliklar sog‘lik uchun qanchalik zararli?

08 dek, 13:08 28 984 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Energetik ichimliklar sog‘lik uchun qanchalik zararli? Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti quvvatni oshiruvchi ichimliklarning salbiy ta’sirlari haqidagi ogohlantirishni e’lon qilib, hukumatlarni uning salbiy ta’sirini olish yuzasidan choralar ko‘rishga chaqirdi. Unda aytilishicha, tobora ommalashayotgan bu ichimlik odamlarda bir qator kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Quyida quvvat ichimliklarining ilmiy isbotini topgan ta’sirlari to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

Yurak xuruji: Quvvat ichimligi tarkibida kofeinning yuqori miqdorda bo‘lishi bora-bora yurak salomatligiga ta’sir qiladi. U, ayniqsa, yurakning qisqarishiga olib kelar ekan. Jahon miqyosida bu ichimlikdan bolalar zarar ko‘rishmoqda. Sport bilan shug‘ullanmay, jismoniy faol bo‘lmay turib bu ichimlikdan kuniga 250 ml.dan ortiq ichish yurak faoliyatining ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.

Bosh og‘rig‘i va migren: Tana quvvat ichimligi orqali oziqlanadigan yuqori miqdordagi kofeinga o‘rganib qolgach, unga ehtiyoj sezilishi bilan bosh og‘riy boshlaydi va tobora kuchayadi. Bu go‘yo giyohvand moddaga o‘rganib qolishga o‘xshaydi. Agar kecha ichilganidan 50 ml kam ichimlik ichilsa ham, bosh og‘rig‘i orqali tana bundan norozi bo‘ladi.

Betoqatlanish va asabiylashish: Ortiqcha kofein inson miyasida bezovtalikni keltirib chiqaradi. Hatto energetik ichimlikka mukkasidan ketish yuqori darajadagi sarosimaga sabab bo‘ladi.

Uyqusizlik: Tanaga yuqori miqdorda quvvat kirgach, odam qanday qilib uxlashi mumkin? Uyqusizlik esa asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi, modda almashinuvini izdan chiqaradi, tushkunlikka sabab bo‘ladi.

Insulinga bog‘liq bo‘lmagan (2-tur) qandli diabet: Quvvat ichimligi tarkibi shakarga ham boy bo‘ladi. Ichimlik oshqozonosti bezining insulin ishlab chiqaruvchi to‘qimalarini zararlaydi va o‘ldiradi.

Tobelik:
Ayniqsa, cho‘ntak qurib qolganida bu ichimlikka qaram bo‘lib qolganlarning holi og‘irlashadi. Ular bangi kabi o‘zlarini bilmay qoladilar.

Yuqori qon bosimi: Kofeinga boy mahsulotlar qon bosimini oshiradi. Shundoq ham, qon bosimi ko‘tarilib turuvchi odamlar bu ichimlikka bog‘lanib qolishsa, hayotlarini xavfga qo‘ygan bo‘ladilar.

Ko‘ngil aynishi va boshqalar: Me’yoridan ortiq energetik ichimlik ovqat hazm qilishni qiyinlashtirib, ko‘ngilni aynitadi. Ichimlik tananing suvsizlanishiga, tishlarning yemirilishiga ham sabab bo‘ladi. Shuningdek, quvvat ichimligidan ko‘p iste’mol qilish teri kasalliklarini ham keltirib chiqaradi.

Manba: erkak.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 92
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 332
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 131
  • Ichimlik sodasining qanday zarari bor va uning o‘rniga nimadan foydalanish mumkin? 17 apr, 14:00 127
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 107
  • Bahorda tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan temir moddasiga boy mahsulotlar 09 apr, 20:53 227
  • So'nggi yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • Bo‘limlar