“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 09:37
ЎЗO‘Z

Mirjalol Qosimov: Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz

03 dek, 21:24 5 366 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirjalol Qosimov: Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz Ertaga “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston kubogi-2017 final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning dastlabki qismida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va jamoa himoyachisi Rustam Ashurmatov ishtirok etishdi.

- “Bunyodkor” jamoasi final o‘yiniga juda jiddiy e’tibor qaratgan. Sababi ushbu sovringa so‘nggi bor ega chiqqanimizga ham bir necha yil bo‘lib qoldi. Qolaversa, ortda qolgan mavsumda chempionatda medallarsiz qoldik. Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etish uchun ham Kubok finalida g‘alaba qozonmasak bo‘lmaydi.

Tarkibimizda yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning aksariyati hali sovrinlarga ega chiqmagan. Bu esa ulardagi ishtiyoqni oshiradi. Qolaversa, har qanday futbolchi ham faoliyati davomida turli sovrinlarga ega bo‘lishni istaydi.

Biz yaqinda “Lokomotiv”ga qarshi chempionat doirasida ham o‘yin o‘tkazdik. Bu jamoa – juda kuchli. Tarkibida mahoratli futbolchilar talaygina. Shu boisdan biz ertaga tezkor va aqlli o‘yin ko‘rsatishimiz talab etiladi. Agar bexato o‘ynasak, maqsadga yetamiz, - deydi Mirjalol Qosimov.

- Men faoliyatimda ikkinchi marta kubok finalida o‘ynayman. Birinchi safar mag‘lub bo‘lgandik. Bu safar faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz. Umid qilamanki, muxlislarimizni sovrin bilan xursand etamiz, - dedi Rustam Ashurmatov.

Manba: www.pfl.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 1
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 0
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 466
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 184
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar