“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 08:55
ЎЗO‘Z

Robot millionerga aylandi

26 noya, 20:40 6 467 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Robot millionerga aylandi Bir yil avval Fastbrick Robotics kompaniyasi o‘zining yangi g‘isht taxlovchi roboti Hadrian X haqidagi videosini namoyish qilgandi. Robotning ishlash tamoyili 3D-printerni yodga soladi, faqat robot maxsus bosmadan chiqaruvchi aralashma o‘rniga g‘ishtlardan foydalanadi va ularni oldindan belgilangan dastur asosida teradi. Robot ancha muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi hamda o‘tgan yili kompaniyaga salmoqli mablag‘ kiritgan buyurtmachilar va sarmoyachilar e’tiborini jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, kompaniya o‘z aksiyalarini birjaga qo‘yib, 35 million dollarga yaqin pul to‘plashning uddasidan chiqdi.

Har biri 0,19 dollarlik jami 184 210 526 aksiya joylandi. Hozir aksiyalar narxi oshmoqda va endi ularning narxi 0,215 dollarni tashkil qilmoqda. Kompaniya o‘z muvaffaqiyatidan mamnun, robotni esa yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, barcha frontlar bo‘ylab ilgari surishda davom etishmoqda. Sotuvlar borasida Caterpillar ko‘mak bermoqda. Bundan tashqari, kompaniya Fastbrick'ga 2 million dollar kiritdi va kelgusida yana 6 million dollar yo‘naltirishga va’da berdi.

G‘isht taxlovchi robot shu qadar samarali bo‘lib chiqdiki, undan Saudiya Arabistonida uylar qurishda foydalanishmoqchi. Qirollik hukumati va kompaniya vakillari o‘rtasidagi dastlabki kelishuvlarga muvofiq, 2022 yilga borib Hadrian X robotlari kamida 50 ming yangi uy qurishi mumkin.

Hozir, kompaniya mablag‘ga ega bo‘lgan bir paytda ishlab chiqaruvchilar mavjud prototiplar sinovlari va takomillashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratishmoqda. Manbaga ko‘ra, robotlar sotuvi 2019 yilda boshlanib, bir robot bahosi 2 million dollar etib belgilangan. Hadrian X'ga inson yordamining deyarli keragi yo‘q. U soatiga 1000 g‘ishtni taxlab, kunu tun ishlay oladi. Bu esa ikki kishilik brigadaning kundalik normasini tashkil qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 47
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 396
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 76
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 74
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 86
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 111
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 331
  • Bo‘limlar