“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 16:42
ЎЗO‘Z

Koreya prezidenti Mirziyoyevning nabirasi haqida gapirdi

26 noya, 10:42 8 407 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koreya prezidenti Mirziyoyevning nabirasi haqida gapirdi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22-25 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ldi.

Aynan mazkur davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlarining 25 yilligi ham munosib tarzda nishonlandi.

Koreyaning KTV kanali Facebook sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi aks ettirilgan maxsus videolavhani joyladi. Unda ikki mamlakat prezidenti bir-biriga iliq munosabat bildirib, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar katta hurmat va ishonchga asoslanganini ta’kidlashgan.

Mun Je In, Janubiy Koreya Prezidenti:
"Prezident Mirziyoyev bilan ilk bor uchrashib turgan bo‘lsam ham, xuddi eski qadrdonlardek bemalol, yaqindan suhbatlashdik. Ularning ikkinchi farzandlari oilasi bilan Koreyada bir necha yillar yashagani va nabiralari ham Koreyada tug‘ilgani, koreys tilini yaxshi bilishi haqida eshitib, juda xursand bo‘ldim.

O‘zbeklarda "Birinchi marta uchrashgan odam - tanish, ikkinchi marta ko‘rishganda odam - do‘st, uchinchi marta uchrashganda esa bir oilaga aylanadi", degan maqol bor ekan. Kelasi safar Prezident Mirziyoyev bilan ko‘rishganimizda bir oilaga aylanamiz, deb o‘ylayman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti:
"Ikki davlat o‘rtasida tarixiy ildizlar mavjud bo‘lib, u davom etmoqda. Hattoki, bizning oilamizda ham nabiramning Koreyada dunyoda kelgani ham ko‘p narsani anglatadi.

Koreys maqoliga ko‘ra, "Qiyin vaziyatda topilgan do‘st - chinakam do‘stdir". Bu bizning o‘zbek xalq maqoliga juda ham o‘xshaydi: "Do‘st boshga kulfat tushganda bilinar". Bugungi kunda O‘zbekistonda 200 mingdan ortiq koreys yashaydi. Ular o‘zlariga ikkinchi Vatanni kashf etishdi, yurtimizning munosib o‘g‘il-qizlari, biz chindan-da faxrlana oladigan qadrli fuqarolariga aylanishdi".




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 89
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 137
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 221
  • So'nggi yangiliklar
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 95
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 184
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 123
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 326
  • Bo‘limlar