“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:03
ЎЗO‘Z

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 6-sonli bo‘linmani “ochib berdi”

23 noya, 23:31 14 247 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 6-sonli bo‘linmani “ochib berdi” Joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining qasamyod qilish, ularga xizmat uylari kalitlarini va shaxsiy avtomashinalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.


Tadbirda viloyat hududida xizmat olib borayotgan 615 nafar profilaktika inspektorlarining 160 tasi tantanali qasamyod qilib, ularga xizmat uylarining kalitlari va shaxsiy avtomashinalari topshirildi.

Shuningdek, Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi 6-sonli ichki ishlar bo‘linmasining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bo‘linmaning tantanali ochilish masrosimida Toshkent viloyati hokimi Ibragimov G‘ulomjon Inomovich, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Bobojonov Po‘lat Razzaqovich, O‘zbekiston Respublikasi Senati raisining o‘rinbosari Ortiqova Svetlana Boymirzayevna so‘z olib, huquqbuzarliklar profilaktikasida yangi ish uslublaridan foydalanish hamda aholi va jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish kerakligi borasida so‘zladilar.

Ta’kilab o‘tish kerakki, ichki ishlar tizimida jinoyatchilik sodir etilishi mumkin bo‘lgan hududlarda mahalla posboni, “Yoshlar Ittifoqi”, uy boshi, ko‘cha boshilari, korxona va tashkilot vakillaridan iborat ko‘ngilli guruhlarning patrullik yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.

Albatta, mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining kecha-kunduz osudalikni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi xizmatlari har qancha e’tirofga arziydi. Prezident tomonidan ularning faoliyati uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 105
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar