“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:58
ЎЗO‘Z

Xurmoning salomatlik uchun foydali jihatlari

19 noya, 15:31 11 942 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xurmoning salomatlik uchun foydali jihatlari O‘lkamizda do‘lananing uch turi iste’mol qilinadi. Farmatsevtika sanoatida asosan qizil, sariq rangli do‘lanadan foydalaniladi. Do‘lana mevalari turiga qarab, qizil, sariq va qora rangli bo‘ladi. Uning bargi, gullari va mevalari shifobaxshdir.

Do‘lananing bir hovuchi iste’mol etilsa, kun bo‘yi kishining nafaqat tashnalik balki ochlikda ham asqotib, unga yaxshi kayfiyat, bardamlik va quvvat ham hadya etadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, do‘lanani lotin tilida "gratas" (kuchli) deb ataydilar.

Do‘lana mevalarining tarkibida 20 foiz qand, 8 foiz yog‘, flavonoidlar, xolin, atsetilxolin, oshlovchi moddalar, karotin, S vitamini, organik kislotalar kabi moddalar mavjud. O‘zbekiston sharoitida o‘sadigan do‘lananing ba’zi turlarida V1, V2, RR, S, Ye vitaminlari borligi aniqlangan.

Abu Ali ibn Sino do‘lananing shifobaxsh xususiyatlari to‘g‘risida bunday deb yozgan: "Do‘lana safroni so‘ndiradi. Boshqa mevalarga qaraganda suyuqliklarning oqishini kuchliroq to‘xtatadi. Ich ketishini bartaraf qiladi va siydik tutilishidan saqlaydi".

Ko‘pgina jahon xalqlari xalq tabobatida do‘lana ich ketishida, toliqishda, aqliy horg‘inlikda, uyqusizlikda, asabiylashganda, yurak og‘riganda, klimaks davrida, revmatizm asoratidan paydo bo‘lgan revmokarditda, aterosklerozda, qon bosimi oshganda, bosh aylanishi, yo‘talda iste’mol qilinadi.

Hozirgi kunda farmatsevtika sanoatida do‘lana gullaridan tayyorlangan tindirma va turli boshqa giyohlar bilan birga tayyorlangan dori vositalari ateroskleroz, nevroz, asab tizimi va yurak qon tomir kasalliklarida keng foydalanilmoqda.

Eslatma:
Do‘lanani och qoringa iste’mol qilmaslik kerak. Chunki, u ichakni qisib (spazm) qayt qildiradi. Bu mevani iste’mol qilgandan ke­yin ustidan sovuq suv ichish mumkin emas, aks holda u me’da-ichak sanchig‘iga sabab bo‘lishini unutmang.
Shuningdek, uni ortiqcha iste’mol qilish buyrakka zararli bo‘lib, me’da-ichakni zaiflashtirib, qulanj (kolit) xas­taligi, ko‘ngil aynishi, qayt qilishni paydo qiladi.
Mevaning qaynatma, damlama, qiyom va undan tayyorlangan preparatlar bilan davolanish faqat shifokor maslahati bilan va uning nazorati ostida qo‘llanishi lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 92
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 333
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 132
  • Ichimlik sodasining qanday zarari bor va uning o‘rniga nimadan foydalanish mumkin? 17 apr, 14:00 127
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 107
  • Bahorda tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan temir moddasiga boy mahsulotlar 09 apr, 20:53 227
  • So'nggi yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • Bo‘limlar