“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 03:53
ЎЗO‘Z

Bahrom Nazarov uch nafar muxlisining to‘yida bepul xizmat qilishga va’da berdi

18 noya, 18:34 7 292 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bahrom Nazarov uch nafar muxlisining to‘yida bepul xizmat qilishga va’da berdi Xonanda Bahrom Nazarov 14, 15, 16 noyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida «Intizor» deb nomlangan konsert dasturini taqdim qildi. Konsertning har bir kunida Bahrom Nazarovning qo‘shig‘ini kuylab, zaldagi tomoshabinlar tomonidan e’tirof etilgan bir nafardan muxlisning to‘yida xonanda bepul xizmat qiladigan bo‘ldi. Bu haqda konsertda mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Xonanda Bahrom Nazarov uch kun davom etgan dasturida o‘zining taronasini jonli ijroda eng yaxshi aytgan muxlisining to‘yida bepul xizmat qilishini barcha muxlislar oldida ma’lum qildi. Uch kun davomida yigirmadan ortiq muxlis omadini sinab ko‘rdi. Konsertning birinchi kuni Angren, ikkinchi kuni Qo‘qon, uchinchi kuni Andijon shahridan kelgan yigitlar qolgan muxlislarga qaraganda xonandaning qo‘shig‘ini yaxshiroq kuylagani uchun Bahrom Nazarov ularning to‘yida tekin xizmat qiladigan bo‘ldi.

Xonandaning «bepul xizmat qilaman» degan so‘zi barcha muxlislarning gulduros va davomli qarsaklariga sabab bo‘ldi. G‘oliblarni zaldagi tomoshabinlar hamda qiziqchi Shukrullo Isroilov aniqlab berdi. O‘yinda ishtirok qilgan barcha muxlislarga qimmatbaho sovg‘alar hamda badiiy kitoblar ham sovg‘a qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 45
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 575
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 345
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 476
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 126
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar