“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 13:10
ЎЗO‘Z

Gubernator kubogi. Isroil Madrimov va jamoa kubokni qo‘lga kiritdi

12 noya, 18:57 5 798 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gubernator kubogi. Isroil Madrimov va jamoa kubokni qo‘lga kiritdi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Gubernator kubogi turnirida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar bokschisi ishtirok etishdi. Ulardan ikki nafari oltin medalga ega chiqdi, uchinchisi kumush medal oldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shunqor Abdurasulov finalda mezbonlar vakili Ruslan Batmanovga qarshi ringga chiqdi. U raqibga hech qanday imkon qoldirmadi va O‘zbekiston hisobiga oltin medal keltirdi.

75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Isroil Madrimov esa rossiyalik Yakub Zuber bilan jang qilib, uni katta ustunlik bilan mag‘lub etdi va terma jamoa hisobiga ikkinchi oltin medalni olib keldi.

Bundan tashqari Isroil Madrimov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya e’tirof etildi va unga gubernator Georgiy Poltavchenkoning o‘zi kubok topshirdi.

O‘zbekistonning finaldagi uchinchi vakili Sanjar Tursunov esa kumush medal bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. U mezbonlar vakili Magomed-Murad Arslanbekovga yutqazdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining barcha vakillari sovrindor bo‘ldi va terma jamoa eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 0
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 42
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi 23 apr, 07:59 129
  • Abbosbek Fayzullayev Vetnamga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi 22 apr, 23:35 309
  • Qasamlardan qaytildimi? Xavi yana bir yil "Barsa"da qolishi mumkin 22 apr, 20:00 99
  • So'nggi yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 54
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Bo‘limlar