“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 23:58
ЎЗO‘Z

Ota 4 yoshli qizchasini yolvorishlariga qaramasdan kaltakladi (Video)

12 noya, 17:32 12 219 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ota 4 yoshli qizchasini yolvorishlariga qaramasdan kaltakladi (Video) «O‘zbekiston» telekanalida «Uchburchak» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida olib chiqilgan mavzu auditoriyaga yig‘ilganlarni yig‘latdi.
Muhokamaga yolg‘iz otaning o‘z qiziga munosabati aks etgan video qo‘yilgan. Videoda turmush o‘rtog‘i chet elda bo‘lgan er o‘z farzandini bir necha daqiqa davomida xo‘rlaydi.

U qizchani tinimsiz urish davomida qattiq haqoratlaydi va uyidan haydaydi. Uning so‘zlaridan bilish mumkinki, oilada boshqa farzand ham bor. «Menga kerakmassan. Onang Turkiyada yuribdi. Endi itning kunini solaman senlarga», deya dag‘dag‘a qiladi u.

4 yoshli qizcha esa iltijo qilib, o‘zini urmaslikni so‘raydi, lekin u yanada qattiqroq va ko‘proq kaltaklanadi.
Ko‘rsatuvda ishtirok etgan IIV xodimi bu hodisa jinoyat ekanini, bu shaxs jazolanmasdan qolmasligini qayd etadi.

Hozirda ushbu voqea qachon va qayerda sodir bo‘lgani, ushbu shaxs qo‘lga olingan yoki qo‘lga olinmagani ma’lum emas.

Kun.uz huquqshunosi Xushnudbek Xudayberdiyev bu vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.

Bu holatga birinchi navbatda Oila Kodeksining 79-moddasi bo‘yicha qaraladi. Bu moddaga ko‘ra, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilish nazarda tutiladi.

Shuningdek, bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 4 moddasini ko‘rib chiqish mumkin: 104, 105, 109 va 110-moddalar.

104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish
Bu yerda jabrlanuvchiga qay darajada jarohat yetkazilganiga ko‘ra jazo belgilanadi. Og‘ir tan jarohati yetkazilgan hollarda uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo qo‘llanadi.

105-modda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish
O‘rtacha tan jarohat yetkazilgan holatda uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish
Qizchada bosh chayqalishi yoki shunga o‘xshash yengil jarohatlar aniqlansa quyidagicha jazo beriladi: eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari.

110-modda. Qiynash
Qizcha kaltaklangan, ammo u jarohatlanmagan bo‘lsa ham jazo belgilanadi. Bu holatda 110-moddaning ikkinchi qismi, a-bandini (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) qo‘llash mumkin. Bunday harakat uchun, jinoyatchi eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 13
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 66
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 139
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 123
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 163
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 0
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 0
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 0
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 9
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 25
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 49
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 332
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 113
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 21
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 77
  • Bo‘limlar