Beeline ICTNEWS axborot hamkorligida “Evraosiyo mobil kubogi” (Eurasia Mobile Challenge) halqaro mobil ilovalar tanloviga ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish davom etayotgani haqida xabar beradi. Bu mobil va AT-echimlari sohasidagi Global Mobile Challenge eng yirik halqaro tanlovning mahalliy bosqichidir.
15 oktyabr kuniga qadar O‘zbekistonda mobil ilova joriy qilgan har bir mutaxassis www.eurasiamobilechallenge.com saytida ro‘yhatdan o‘tib, 2016 yilning yanvar oyida Moskvada bo‘lib o‘tadigan birinchilikning hududiy bosqichiga uch yo‘llanmadan birini olishi mumkin. Hududiy bosqich g‘olibi I, II va III o‘rin uchun mos ravishda umumiy narxi $20 000, $15 000 va $10 000 mioqdoridagi pullik sovrinlar va devayslarni qo‘lga kiritadi.
Tanlov ishtirokchilarining ishlari har bir ishtirokchi-mamlakatning soha ekspertlari tomonidan novatorlik, muhimlik, universallik va noyoblik mezonlari bo‘yicha baholanadi. Tanlovning finali 2016 yilning fevral oyida Barselonadagi Mobile World Congress doirasida bo‘lib o‘tadi.