“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 12:01
ЎЗO‘Z

Plastik kartalar orqali valyuta ayirboshlash imkoni yaratildi

11 noya, 16:44 8 727 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Plastik kartalar orqali valyuta ayirboshlash imkoni yaratildi Jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) tijorat banklarining konversion operatsiyalar bo‘limlarida o‘z hisobidan chet el valyutasini qo‘lga kiritish huquqiga ega bo‘ldi.

Bu Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan «Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda belgilandi, deyiladi Pv.uz xabarida.

Unga ko‘ra, chet el valyutasini sotish konversion bo‘limlar tomonidan xalqaro kartalardan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Buning uchun jismoniy shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor konversion bo‘limga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.

Jismoniy shaxsning bank kartasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, konversion bo‘lim mutaxassisi unga plastik kartalar bo‘limiga murojaat etib, o‘z nomiga bank kartasi ochishni taklif qiladi. YTT chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablag‘larini o‘zining tegishli hisobvarag‘idan o‘tkazadi.

Milliy valyutadagi mablag‘ tijorat bankining operatsiya bajariladigan kundagi kurs bo‘yicha to‘lov terminali orqali jismoniy shaxsga tegishli bank kartasidan yechib olinadi va unga operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgani haqidagi terminal chekining asl nusxasi beriladi.

Valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslar va norezidentlardan chet el valyutasi cheklanmagan miqdorda sotib olinadi. Amalga oshirilayotgan barcha ma’lumotlar elektron tizimda qayd etiladi.

Chet el valyutasini sotib olishda operatsiya eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdoriga teng bo‘lgan yoki undan oshgan hollarda, operatsiyalar elektron tizimga ma’lumot kiritish orqali amalga oshirilishi shart. Bunda jismoniy shaxslardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat va norezidentlardan pasport talab etiladi.

Shuningdek, bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 2
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 15
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 242
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 347
  • Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilot yetakchilari ta’siriga tushgani aniqlandi 17 apr, 17:55 256
  • Instagram orqali fuqarolarni chuv tushirib kelgan 18 yoshli yigit qo‘lga olindi 17 apr, 15:38 63
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 1
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 2
  • Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi» 18 apr, 11:17 4
  • AQSH nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi 18 apr, 10:54 13
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 62
  • Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi 18 apr, 10:00 54
  • 20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi 18 apr, 09:39 55
  • Yevropa komissiyasi raisi: Rossiyaning urushdagi g‘alabasi YEIga juda qimmatga tushadi 18 apr, 09:15 136
  • “Eldorda bunaqasini ko‘rmagandik”. Raneri Shomurodov haqida yana nimalar dedi? 18 apr, 09:09 259
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 15
  • “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video) 18 apr, 08:29 41
  • “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi! 18 apr, 08:25 50
  • Bo‘limlar