“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:43
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik erkak Noginsk shahri merining maslahatchisini o‘ldirdi

04 noya, 16:37 8 232 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik erkak Noginsk shahri merining maslahatchisini o‘ldirdi O‘zbekistonning ko‘plab fuqarolari Rossiyada turli ishlar bilan bandligi, ya’ni aksariyati mehnat muhojirlari ekanligi hech kimga sir emas. Qonuniy ravishda xorij mamlakatida ishlab yurganlar qatorida xunrezliklar ishtirokchisiga aylanayotgan fuqarolar ham borligi achinarli holat. Noginsk shahrida ana shunday hodisa ro‘y berdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Aniqrog‘i, 31 oktyabr kuni Elektrostal shahri merining maslahatchisi Darya Turkina vahshiylarcha o‘ldirildi. Gumondor esa 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak. Bu haqda “Gazeta” nashri xabar bermoqda.

29 yoshli Darya Turkina Noginskdagi o‘z uyida o‘ldirilgan. Gumonlanuvchi shaxs bo‘lgan o‘zbekistonlik 40 yoshli erkak uning uyida ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullangan.

Darya Turkina uning ta’mirlash ishlaridan norozi bo‘lgan va shikoyat qilgan. Erkak bundan darg‘azab bo‘lgan.

31 oktyabr kuni erkak mast holda bo‘lgan. Ayolning navbatdagi shikoyatlariga javoban unga bir necha marta pichoq sanchgan.

Shundan keyin erkak ayolning qimmatbaho zargarlik buyumlarini olib qochgan va lombardga topshirgan. Bu haqda uning o‘zi so‘zlab bergan.

Lombarddan olingan pullarga giyohvand modda sotib olgan va politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, Daryani o‘lik holda topganini aytgan.

Ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bo‘yicha qotillik aybi bilan jinoyat ishi ochilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • Bo‘limlar