“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 03:03
ЎЗO‘Z

Hilol Nasimovning «O‘zbekfilm» AJ rahbarligidan "haydalish sababi" ma’lum qilindi

03 noya, 17:06 7 945 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hilol Nasimovning «O‘zbekfilm» AJ rahbarligidan "haydalish sababi" ma’lum qilindi Avval xabar berilganidek, Hilol Nasimov “O‘zbekfilm” AJ rahbarligidan ozod etildi. “O‘zbekkino” MA axborot xizmati qayd etishicha, ushbu xabar ba’zi OAVlar tomonidan boshqacha talqin qilingan, internetdagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarida noto‘g‘ri fikr shakllanishiga sababchi bo‘lgan. Shu sababli agentlik Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan tushuncha berdi.

“Taniqli kinorejissyor Hilol Nasimovning “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktorligidan ozod etildi, degani uning ijoddan butunlay uzoqlashdi degan ma’noni anglatmaydi. Zero, Agentlik Axborot xizmati tomonidan berilgan xabarda ham “Nasimovning boshqa ishga o‘tganligi sababli”, deb izoh berilgan.

Gap shundaki, H.Nasimovning kinorejissuradagi tajribasi inobatga olinib, uni Davlat buyurtmasi asosida suratga olinishi rejalashtirilayotgan filmlarga jalb qilish va uning salohiyatidan samarali foydalanish maqsad qilingan. Jumladan, “O‘zbekkino” Milliy agentligi joriy yilning aprel-iyun oylari davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik mavzuidagi ssenariylar uchun tanlov e’lon qilgan edi. Rejissyor Hilol Nasimov ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan ssenariylar asosida suratga olinishi rejalashtirilayotgan badiiy filmlarga jalb qilinganligini ma’lum qilamiz”, deydi Shuhrat Rizayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 275
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 304
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 120
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 434
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 136
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 70
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 36
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 18
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 79
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 127
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 60
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 186
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 201
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 270
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 153
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 97
  • Bo‘limlar