“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 12:44
ЎЗO‘Z

Xitoyda 2035 yilga kelib keksa odamlar soni 400 mln dan oshadi

29 okt, 21:32 5 563 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda 2035 yilga kelib keksa odamlar soni 400 mln dan oshadi Xitoyda 2035 yilga kelib 60 yoshdan katta odamlar soni 400 mln dan oshadi. Bu haqda 29 oktyabrda Xitoy jamoatchilik xavfsizligi uyushmasi ma’lumotlariga iqtibos keltirgan holda Kun.uz xabar berdi.

"Bizning davlat 2000 yilda "keksayotgan jamiyat"ga ega davlatlar toifasiga tushgan. 2000 yildan keyin Xitoyda keksa yoshli aholi har yili 10 mln kishiga oshib borgan", deb aytgan uyushma rahbari Chjen Gunchen.

Uning ta’kidlashicha, Xitoyda ayni damda 240 mln keksa kishi bor. Bu ijtimoiy qatlam borgan sari ko‘paymoqda, bu esa davlat byudjeti, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot tizimiga yuklamani oshiradi. Mutaxassisning aytishicha, Xitoy borgan sari keksa odamlarni parvarishlash bo‘yicha yaxshi shakllangan milliy strategiyaga ehtiyoj sezmoqda.

"Bizning davlatga keksalar huquqlari samaraliroq himoya qilinishi uchun yuridik me’yorlar tizimini qayta ko‘rib chiqish talab etiladi", deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Xitoyda mehnatga layoqatli yoshdagi (15 yoshdan 64 yoshgacha) aholi soni taxminan 1 mlrd kishini tashkil qiladi. Xitoy oilani rejalashtirish uyushmasi prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga kelib mehnatga layoqatlilar soni 958 mln kishigacha, 2050 yilda esa 827 mln kishigacha kamayib ketadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 93
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 282
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 492
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 92
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 152
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 282
  • Bo‘limlar